Rasman: “Bornmut”da koronavirusga chalingan futbolchilardan birining kimligi malum bo'ldi
26 may 2020 20:08
Yangiliklar


Rasman: “Bornmut”da koronavirusga chalingan futbolchilardan birining kimligi malum bo'ldi
Avvalroq, “giloslar” tarkibidagi bir futbolchining COVID-19 infekciyasini yuqtirib olgani haqda xabar qilgandik.
Bugun uning jamoa darvozaboni Aaron Ramsdeyl ekanligi aniqlandi.
Qayd etilishicha, Ramsdeyl o'tgan hafta topshirgan test salbiy natija bergan. Keyingisi esa ijobiy chiqdi.
22 yoshli kiper virusni do'konga chiqqan vaqtida yuqtirgan bo'lishi mumkinligi haqida aytgan.
SHuningdek, klubning yana bir azosida tahlil natijalari ijobiy natija bergan. Biroq, uning kimligi oshkor qilinmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar