Rasman: “Bornmut”da koronavirusga chalingan futbolchilardan birining kimligi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
26 may 2020, 20:08
Avvalroq, “giloslar” tarkibidagi bir futbolchining COVID-19 infekciyasini yuqtirib olgani haqda xabar qilgandik.

Bugun uning jamoa darvozaboni Aaron Ramsdeyl ekanligi aniqlandi.

Qayd etilishicha, Ramsdeyl o'tgan hafta topshirgan test salbiy natija bergan. Keyingisi esa ijobiy chiqdi.

22 yoshli kiper virusni do'konga chiqqan vaqtida yuqtirgan bo'lishi mumkinligi haqida aytgan.

Shuningdek, klubning yana bir a'zosida tahlil natijalari ijobiy natija bergan. Biroq, uning kimligi oshkor qilinmadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport