Rasman: “Bavariya” Noyer bilan yangi shartnoma imzoladi
20 may 2020 19:10
Yangiliklar


Rasman: “Bavariya” Noyer bilan yangi shartnoma imzoladi
Myunxenliklar germaniyalik kiper bilan kelishuvni 2023 yilning yoziga qadar uzaytirdi.
Manuel Noyerning avvalgi shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan edi. Yangi bitimga ko'ra, Noyer 12 mln evro maosh olishi aytilmoqda.
Noyer 2011 yil “SHalke”dan “qizillar” tarkibiga kelib qo'shilgan. SHu davr davomida u 7 karra Bundesliga chempioniga aylandi, besh marta Germaniya Kubogini qo'lga kiritdi. 2013 yil ECHLda g'alaba qozonib, jamoa bilan treblga erishdi va klublar o'rtasidagi mundialda ham muvaffaqiyat qozondi.
SHuningdek, Manuel Germaniya termasi bilan 2014 yil jahon chempioni bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar