Rasman: APLda yana bir transfer amalga oshirildi

Tolibjon Qosimov
8 iyun 2018, 14:28
"Lester" klubi "Vest Bromvich"dan Jonni Evansni sotib oldi.

Evansning xaridi "Lester"ga 3 million funt sterlingga tushdi.

30 yoshli markaziy himoyachi "tulkilar" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Bu "Lester"ning yozdagi ikkinchi transferi bo'ldi. Oldinroq jamoa portugaliyalik himoyachi Rikardu Pereyrani sotib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: lcfc.com