So’nggi yangiliklar

00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  3 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0

RASMAN! Aleksandr Mochinov Istefoga chiqarildi Yangiliklar

RASMAN! Aleksandr Mochinov Istefoga chiqarildi

Buxoro” jamoasi ushbu mavsumda o'ta muvofaqiyatsiz ishtirok etib kelmoqda. CHempionatning 9 turida atigi 2 ochko jamg'arib, turnir jadvalining so'nggi pag'onasidan o'rin olib turibdi.

Bu natija esa tabiiy-ki, klub muxlislari va rahbarlarini aslo qoniqtirmaydi va shu sababdan jamoaga yangi “qon quyish “kerakligi yaqqol sezila boshlandi.

So'nggi 9-turda “Buxoro”  o'z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga 1:2 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng, jamoa rahbariyati bosh murabbiy Aleksandr Mochinovni istefoga chiqardi.

Bosh murabbiyga yaqindan yordam berib kelgan Anatoliy Kurlaevga ham chiqish eshiklari ko'rsatildi.

SHu tariqqa oliy liga jamoalari orasida ushbu mavsumda eng birinchilardan bo'lib “Buxoro” murabbiy almashtirishga majbur bo'ldi.

Biz Aleksandr Mochinovning qilgan barcha mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va uning kelasi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Muxlislarni bir savol, jamoa boshqaruvini kim o'z qo'liga oladi degan savol qiynayotgan bo'lishi tabiiy. Kuni-kecha klub azolari va rahbariyat yig'ilish o'tkazib, jamoaning keyingi taqdiri to'g'risida oydinlik kiritildi.

Jamoada bosh murabbiyga yordam berib kelgan buxorolik mutaxasis, SHuhrat Faydiev vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarishi belgilab qo'yiildi.

“Buxoro” futbolchilari 10-turga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborishgan va mashg'ulotlarni aynan SHuxrat Fayziev olib bormoqda. Murabbiylar shtabida hozircha  boshqa hech qanday o'zgarishlar ro'y bergani yo'q.

Biz murabbiylar shtabi va futbolchilarga kelgusi o'yinlarda faqat omadlar tilab qolamiz va ishonamiz-ki, ular buxorolik sodiq va ashaddiy muxlislarga juda va juda uzoq kutilgan g'aolabani taqdim etadilar.

P.S: “Buxoro” navbatdagi tur uchrashuvini safarda, G'uzorning “SHo'rtan” klubiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv  23 may (SHanba) kuni bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика