Rasman: "Al Hilol" "Portu" futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi
10 may 2021 09:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636160_original.jpg)
![](/upload/storage/636160_220.jpg)
Rasman: "Al Hilol" "Portu" futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi
"Portu" forvardi Mussa Marega Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Marega jamoadagi Bafetimbi Gomis, Sebastyan Jovinko va Lusiano Vetto kabi yulduzlar bilan birga o'ynaydi.
Marega klub bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va yiliga 5 million evro maosh oladi.
30 yoshli malilik futbolchi Portugaliya klubida 2017 yilning yozidan beri to'p tepadi. Futbolchi joriy mavsum 45ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar