Rasman: Abdumajit Toirov "Surxon" futbol klubi sport direktori etib tayinlandi
05 iyu 2021 01:21
Yangiliklar
Rasman: Abdumajit Toirov "Surxon" futbol klubi sport direktori etib tayinlandi
Klubning yangi direktoriga bir qator vazifalar yuklatilgan.
Barcha futbol muxlislariga birdek tanish bo'lgan Abdumajit Toirov "Surxon" futbol klubi sport direktori etib tayinlandi.
Abdumajit Abdumrotovich zimmasiga yozgi transfer oynasi vaqtida mahalliy, yosh va tajribali futbolchilarni topish va ularni jamoaga jalb qilish vazifasi yuklatildi.
Avvalroq "Surxon" klubi bosh murabbiyi o'z arizasiga ko'ra, jamoani tark etganligi haqida xabar berilgandi.
Fikrlar