Rasman: A Seriya doirasida bugun o'tishi kerak bo'lgan bahs qoldirildi
02 mar 2021 19:35
Yangiliklar


Rasman: A Seriya doirasida bugun o'tishi kerak bo'lgan bahs qoldirildi
Buni Italiya futbol federaciyasi prezidenti Gabriele Gravina tasdiqladi.
Unga ko'ra, Italiya chempionati 25-turidan o'rin olgan “Lacio” – “Torino” uchrashuvi bugun o'tkazilmaydi. Bunga mehmonlarda koronavirus bilan bog'liq holatlar ko'paygani sabab bo'ldi. Avvalroq, 26 fevraldagi “Torino” – “Sassuolo” bahsi ham yuqoridagi sabab tufayli o'z vaqtida o'tkazilmagan va 17 martga ko'chirilgandi.
“Torino” 23 fevralda jamoaviy mashg'ulotlarni to'xtatgan. Jamoa A Seriya jadvalida 20 ochko to'plagan holda 17-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
08:30
O'zbekiston ayollar terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi 3

Fikrlar