Rasman: 2021 yilgi o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatlari bekor qilindi
24 dek 2020 21:00
Yangiliklar


Rasman: 2021 yilgi o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatlari bekor qilindi
Bu haqda FIFA rasmiy sayti orqali xabar berildi.
Manbaga ko'ra, 2021 yil Peruda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan o'smirlar (U-17) o'rtasidagi jahon chempionati va Indoneziya yashil maydonlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi mundial bekor qilindi. Mezbonlik huquqi esa 2023 yilgi musobaqalarga saqlanib qolindi.
O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi JCHlari bekor qilinishi koronavirus pandemiyasi tasiri bilan bog'liq. Qaror barcha manfaatdor tomonlar, jumladan, musobaqa mezbonlari bilan kelishgan holda qabul qilindi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar