Rashidov Qatarning boshqa klubiga o'tishi mumkin
19 may 2017 14:16
Yangiliklar
Rashidov Qatarning boshqa klubiga o'tishi mumkin
Xabaringiz bor, Qatarning "Al Jayish" va "Lahviya" klublari birlashtirib yuboriladi.
"Duhail Sk" nomi bilan yuritiluvchi klubga "Lahviya" ustozi Jamol Belmadi bosh murabbiy bo'lishi haqida kecha xabar berdik.
"Al Jayish"ning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Sardor Rashidov yangi mavsumni boshqa klubda boshlashi mumkin.
dohastadiumplusqatar.com xabariga ko'ra Rashidovga "Qatar SK" klubi qiziqib qolgan. Uning jamoadoshi Romarinoga esa "Al Sadd" etibor qaratdi.
"Qatar SK" bu yil Qatar birinchi ligasida ikkinchi o'rinni band etib Yulduzlar ligasiga chiqish uchun "Al SHxanex" bilan o'yin o'tkazadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar