So’nggi yangiliklar

07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  5 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  12 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  10 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  20 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  8 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0 19:39Рамос: "Беш йилдан кейин Мбаппе 4-5 та "Олтин тўп"га эга бўлади"  14

Rashidov “Nasaf” uchun o'ynadi – O'zbekiston Superkubogi haqida Yangiliklar

Rashidov “Nasaf” uchun o'ynadi – O'zbekiston Superkubogi haqida

Toshkentning “Paxtakor” klubi O'zbekiston Superkubogi uchun Samarqandda o'tkazilgan bahsda Qarshining “Nasaf” jamoasini mag'lubiyatga uchratdi (1:0).

Tarixiy g'alaba

“Paxtakor” – O'zbekistonning eng sovrindor jamoasi bo'lishiga qaramay, bugungi kunga qadar “sherlar” muzeyida mamlakat superkubogi etishmayotgan edi. Toshkent klubi bunga qadar 3 bor mazkur sovrin uchun kurashgan va 1999 yil “Navbahor”, 2015 yil “Lokomotiv”, 2016 yil “Nasaf”ga imkoniyatni boy bergan edi.

Xullas, “Paxtakor” o'z tarixida ilk bor O'zbekiston Superkubogida zafar quchdi.

“Nasaf”ga tashakkur

Oldindan kutilganidek, hakamning so'nggi hushtagi chalinguniga qadar murosasiz kurash guvohiga aylandik. Buning uchun “Paxtakor”ga 1 marta, “Nasaf” vakillariga 2 marta tashakkur aytamiz.

Jamoalar tarkibidagi nomlarga etibor qaratsak, “sherlar” osonlik bilan o'yin taqdirini hal qiladigandek go'yo. Toshkent jamoasining to'liq tarkibi terma jamoaga nomzod sanalsa, qarshiliklarning o'rtacha yoshi – 22,6. 

Etibor qiling, “Paxtakor”ning tajribali futbolchilari tomonidan berilgan zarbalarini qaytargan Abduvohid Nematov hamda maydon markazida Dragan CHeran, Eren Derdiyoklarga qarshi o'ynagan Murod Xo'jamberdievlar atigi 19 yoshda.

“Paxtakor” o'yinga tayyor emasdi

Garchi bugun “sherlar” zafar quchgan bo'lsa-da, g'alaba o'yinchilarning “klass”i hisobiga qo'lga kiritilgani yaqqol ko'rindi. Har 2 jamoaning mavsumoldi yig'inlariga, tayyorgarlik jarayonlariga etibor qaratsak, er bilan osmoncha farq bor. Bundan 1 oy oldin “Nasaf”ning klub sifatida yo'q bo'lib ketish ehtimoli muhokama qilayotgan paytda “Paxtakor” Dubayda rus grandlari bilan nazorat o'yinlari o'tkazayotgan edi. Buning ustiga, Ro'ziqul Berdiev anchadan beri shogirdlari bilan birga emasdi. 

SHularni inobatga olsak, “sherlar” bugun “ajdarlar”ni “g'ajib tashlashi” kerak edi. Amalda esa g'alaba juda qiyinchilik bilan qo'lga kiritildi. Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, Piter Xyuistra paxtakorchilarni o'yinga tayyorlay olmagan.

“Nasaf”ga “to'qqizlik” hujumchi etishmadi

“Ajdarlar” o'yinda yomon taassurot qoldirishmadi, hatto uchrashuvning malum qismlarida yaxshi ko'rinishdi. CHap qanotda Oybek Bozorov yaxshi o'ynadi, lekin SHerzord Nasrullaev undan-da yaxshiroq o'ynadi. Aynan 22 yoshli himoyachi o'z qanotida Turg'unboev va Alijonovga tinchlik bermadi. Mozgovoy raqib hujumlarini buzishda jonbozlik qilgan bo'lsa, “Nasaf”ning o'yinini tashkil qilishda Marko Stanoevichning o'rni bo'lakchadek ko'rindi. “Paxtakor” himoyasida sarosima yuzaga keldi, hammasi yaxshi edi. Ammo qarshiliklar o'z hujumlarini yakunlashda jiddiy muammolarga duch kelishdi. 

Bugun markaziy hujumda Husayin Norchaev o'ynadi. 2002 yilda tug'ilgan yigitchaning o'tgan mavsumdagi harakatlari uning yuksak salohatidan darak bergan edi. Biroq, iqtidorli futbolchi bunday katta o'yinlarni hal qilish uchun tajriba ham to'plashi kerakligi ko'rinib qoldi. 

Sardor Rashidov o'ta muvaffaqiyatsiz o'yin o'tkazdi

Rashidovni yana O'zbekiston chempionatida ko'rish bir tomondan kishini xafa qilsa, boshqa tomondan quvontiradi. Yana Sardorning maydondagi harakatlarini kuzatish imkoniga egamiz. Ammo bugun hech qanaqasiga jizzaxlik futbolchining o'yini chiqmadi. O'yinda uning qanoti faoldek ko'rindi, ammo takidlash kerakki, Sardorning harakatlari tufayli emas. Rashidov bir necha bor to'pni yo'qotganini qo'ya turing, uning chap qanotdan amalga oshirgan uzatmalarining hech biri muvaffaqiyatli chiqmadi! (burchak zarbalari bundan istisno) SHu tufayli Sardor “Paxtakor”ga nisbatan “Nasaf”ga ko'proq foyda keltirdi, deyish mumkin. Nazarimimizda 29 yoshli vinger o'z darajasidan 1 emas, 2 bosh pastroq o'ynadi. Ochig'i, Xyuistra 2-bo'lim avvalida Rashidovni zahiraga olib, jamoaviy o'yinga moslashgan Hojimat Erkinov chiqishini kutgandim. Ammo niderlandiyalik mutaxassisga jurat etishmadi...

SHunga qaramay, Sardor Rashidovni oqlaydigan bitta jihat bor: u bugun o'zi uchun noqulay nuqtada to'p tepdi. 

O'yinning yulduzi

SHaxsiy fikrimcha, uchrashuv taqdiriga eng ko'p tasir ko'rsatgan o'yinchi Farruh Sayfiev bo'ldi. Albatta, bu nuqtada fikrlar to'qnashuvi yuzaga kelishi mumkin. Har holda yagona golni Dragan CHeran urdi. Lekin shu golni kim ijod qildi? Sayfiev. 90 daqiqa davomida chap qanotda kim hukmronlik qildi? Sayfiev. Ko'p ehtimol bilan o'yinda barchadan ko'proq yugurgan ham Sayfiev, 2 kishining o'rniga o'ynagan ham Sayfiev. 

Muxlislar noroziligiga sabab bo'lgan holat

Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan so'nggi (4) daqiqa tugab borayotganda Husayin Norchaev “Paxtakor” jarima maydoniga yorib kirdi, Anzur Ismolovni ortda qoldirishga urinib ko'rdi. “Nasaf” forvardi o'sha epizodda erga quladi va penalti so'radi. Vadim Agishev esa 19 yoshli futbolchiga o'rnidan turishi kerakligini aytdi. Bu vaziyat ko'plab qarshilik muxlislarning etiroziga sabab bo'ldi...

Fikrimcha, bunday vaziyatlar uchun penalti faqat ayollar futbolida qo'yilsa kerak. Husayin Anzur bilan “kontakt”ga kirishmasdan yiqilishni boshlab yubordi va hakamni ishontira olmadi. Uning o'rnida tajribaliroq futbolchi bo'lganida yana bir sekund kutgan bo'lardi. O'sha epizodda Vadim Agishev haq edi.

1-tur oldidan

Yuqorida takidlanidek, “Paxtakor” o'z darajasiga nisbatan juda yomon o'ynadi. Agar Piter Xyuistra 10-martga qadar jamoaning o'yinini o'zgartirmasa, “sherlar” katta ehtimol bilan Superliganing yangi mavsumini g'alaba bilan boshlay olishmaydi. “Nasaf” esa ko'proq vaziyatlarni yakunlash ustida ishlashi kerak. Har 2 jamoaning o'yini o'tgan yilgiga nisbatan kuchsizlangandek ko'rinyapti. Mavsum davomida nimalar sodir bo'lishini birgalikda kuzatamiz. “Championat.asia”dan uzoqlashmang!

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика