So’nggi yangiliklar

01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  0 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  0 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  7 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  12 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14

Rashid G'ofurov: “Mening o'rnim kimlargadir kerak bo'lib qoldi” Yangiliklar

Rashid G'ofurov: “Mening o'rnim kimlargadir kerak bo'lib qoldi”

Mavsumdagi ikkinchi istefo yuz berdi. Qishda “Navbahor” klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan mahalliy mutaxassis Rashid G'ofurov o'z vazifasidan ozod etildi.

Dastlabki 6 ta turdan keyin “Navbahor” 1 g'alaba, 1 durang va 4 mag'lubiyat qayd etgan holda 4 ochko jamg'argandi. Bu esa rahbariyatni qoniqtirmadi. SHu sababli o'zi yaqindagina bosh murabbiylik ishini boshlagan Rashid Abdulbekovichga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Buning sabablarini atroflicha o'rganish maqsadida G'ofurov bilan suhbatlashdik.

-   Rashid Abdulbekovich, istefoingizni qanday qabul qildingiz?
-   Buni to'g'ri qabul qildim. Ha, bunday vaziyat baribir insonga ozgina bo'lsa ham alam qilar ekan. Afsuski, ariza yozishga majbur bo'ldim. Baribir hamma joyda ham natija uchun bosh murabbiy javobgar bo'ladi. Lekin bizga dastlabki yilda jiddiy vazifa qo'yilmasligi haqida aytilgandi. Hali qandaydir vazifani bajara olmadi degan holatga ham etib kelmagandik. Biz hech nimani yo'qotmagandik ham. Ammo murabbiylik kasbi shunaqa ekan-da, nima ham deyman?! Jamoadagilarga omad tilagan holda ketishga majbur bo'ldim.

-   Ariza yozishga majbur bo'ldingizmi?
-   Majbur emas! Lekin vaziyat shuni taqozo etdi. To'g'risi, bir-ikkita uchrashuvlarda mazam qochib qoldi. Bunday holatni ko'tara olmas ekanman.

-   Demak, bu erdagi bosimni ko'tara olmagansiz, shunaqami?
-   Ha, bu narsa sog'lig'imga ham to'g'ri kelmas ekan.

-   Bo'lib o'tgan o'yinlardan keyin voqealar rivojining mana shunday tus olishiga tayyormidingiz? Yoki hammasi siz uchun kutilmaganda sodir bo'ldimi?
-   Rosti, bunchalik tez ro'y beradi deb o'ylamagandim. Birinchi davra tugaganidan so'ng yoki mavsum yakunlangach, bunday vaziyat haqida o'ylash mumkin bo'lardi. O'shanda bu tushunarli bo'lardi. Ammo bu qadar tez sodir bo'lishini kutmagandim. Ammo bilasizmi, qachondir shu narsa yuz berishini ko'nglim sezib yurgandi. Bu o'yindan keyin bo'lmasa, keyingi uchrashuvdan so'ng istefoga chiqishimni aytishardi.

-   Istefoga chiqishingiz haqida birinchi bo'lib kimdan eshitdingiz?
-   Klubdan ketishim haqida umumiy yig'ilishda aytishdi. Lekin undan bir kun oldin kechasi Xayrulla Karimovdan eshitib bo'lgandim. Viloyat hokimligida rahbariyat bilan uchrashuv bo'lib o'tgan va o'shanda mening ketishim masalasini hal qilishgan. SHuning uchun ertangi yig'ilishda mening jamoadan ketishimni va buning matbuotda elon qilinishiga tayyor edim.


-   Bu xabarni eshitganingizda sizga og'ir botmadimi?
-   Og'ir botmadi desam yolg'on gapirgan bo'laman. Yoki o'zimni bu bilan kamtarona tutayotgan bo'lishim mumkin. Menimcha, bu narsa har bir insonga og'ir botadi. Lekin bundan boshqa choramiz yo'q, qarorga bo'ysunishga majburmiz. Klub prezidenti qanday qaror qabul qilsa, o'shani bajaramiz. Nimagaki, qarordan keyin orqaga yo'l bo'lmaydi.

-   Ilk bor bosh murabbiylik ishini boshlagandingiz va hali nisbatan yosh ham edingiz. Boz ustiga siz futbol qaynaydigan joyga kelgandingiz. Balki bu borada bosh murabbiylikka o'tib biroz shoshilmadingizmikin?
-   Men yosh bo'lib yosh emasman. 40 ga kirdim va o'zimni yosh murabbiy deb hisoblamayman. Klubga kelishimdan avval tajribasizligimni hisobga olib hali bu ishga tayyor emasdirman deya ularga aytgandim. O'shanda hammasi yaxshi bo'ladi, bir-ikki yil klub oldiga maqsad qo'yilmaydi, qolaversa, biz ham yordam beramiz deyishgandi. Lekin namanganlik muxlislarning talabchanligini inobatga olib, oldimizga maqsad qo'yilmadi deya xotirjam yura olmasdim. SHu bois hech bo'lmaganda o'tgan yilgi natijani yaxshilashga kirishgandik. Ammo bu vazifani bajarish qo'limizdan kelmadi deyishga asosim yo'q. Negaki, mavsum hali tugamagandi. 6 ta turdan keyinoq xulosa chiqarish bu erta edi. CHunki hali ochko olmagan va ochkosi bundan-da kam jamoalar ham bor edi. Afsuski, hech nima yo'qotilmagan vaziyatda jamoadan ketdim. Baribir futbolchilarga omad tilayman, ularga ishonaman. Qanday jamoa tuzganimizni mavsum oxirida isbotlashadi.

-   Nima deb o'ylaysiz, bo'lib o'tgan ishlar adolatdan bo'ldimi?
-   Agar bu adolatdan desam kimlargadir qattiq tegib ketadi. Nima uchun bunday bo'lganini muxlislar vaqti soati kelganda tushunib olishadi. O'sha yig'ilishning oxirida menga so'z berishdi. Hech kimdan xafa emasligimni, rahbariyatning har qanday qaroriga bo'ysunishimni aytdim. Agar jamoaga mening istefoim yordam bersa, bu ishga tayyorman. SHuningdek, yig'ilishda so'zimni oxirida yana bir gapni aytdim: roppa-rosa 10 yil oldin “Navbahor”dan xuddi shunday holatda ketgandim. Bosh murabbiy Rahim Qurbonmamedov edi va qandaydir sabablarga ko'ra bizni haydashgan. Lekin yo'lim ochiq bo'lganligi va haqligim sababli keyinchalik “Quruvchi”da o'ynadim, yutuqlarga erishdim. “Navbahor” bilan erisha olmagan chempionlikka “Quruvchi”  bilan erishdim. Bir qator yutuqlarni qo'lga kiritdim. Endi bo'lsa oradan 10 yil o'tib “Navbahor”ga bosh murabbiy bo'ldim va tez orada xuddi shunday holatda u erdan ketdim. Balki bu safargisi ham yaxshilikka bo'lsa kerak. Murabbiy sifatida yana boshqa jamoalarda ijobiy natijalarga erishib, yana Namanganga qaytarman deb aytdim.

-   Hali birinchi davraning yarmi ham ortda qolmagandi. SHunday ekan, rahbariyatdan yana imkoniyat berishlarini so'ramadingizmi?
-   Yo'q. Nimagaki, men hech qachon so'rab ishlashni o'zimga ep ko'rmayman. Bu o'yinni yutishim kerak, aks holda meni haydab yuboradi, degan xayol bilan ish boshlamayman. Yuragingizning bir chekkasida menga nisbatan ishonchsizlik paydo bo'lgan, degan o'y bilan ishlashning mutlaqo keragi yo'q. Lekin viloyat hokimiga alohida minnatdorchilik bildiraman. Biz uchun katta sharoitlarni yaratib berdi. Bazamiz ajoyib holatda tamirlandi. Yaxshi ishlashimiz uchun barcha narsa muhayyo etildi. Lekin murabbiy sifatida ishimni oxirigacha etkaza olmadim. Biroq men yakuniga olib bora olmagan ishlarni Aleksandr Volkov bilan futbolchilar oxiriga etkazishadi degan umiddaman. Ammo jamoamiz ichida kimlargadir mening o'rnim kerak bo'lib qoldi. Bu o'z-o'zidan sodir bo'lmagan. Men bu narsani yaxshi his qilib turibman. Bo'lmasa, bunchalik erta istefoga chiqmasdim.

-   Darhaqiqat, “Navhabor”ni tark etishingizni kutmagandik. CHunki jamoaning namoyish etayotgan o'yini chakki emasdi...
-   “Olmaliq”qa qarshi o'yinimizni bir qator mutaxassislar ko'rishdi. Jumladan “Navbahor”ning oldingi ustozi Baxtiyor Ashurmatov ham. Hammasi “Navbahor”ning o'yini haqida yaxshi gaplarni aytishdi. Ayniqsa, ikkinchi bo'limdagi o'yin evaziga minimum durang yoki yutishinglar kerak edi, degan gaplarni ko'p takidlashdi. Lekin natija...

-   O'rningiz kimgadir kerak bo'lib qolganini hisobga olsak, balki jamoaning ichida nosog'lom muhit yuzaga kelgandir?!
-   Futbolchilar orasida va murabbiylar shtabida hech qachon ichki muhit buzilmagan va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Men bunga aminman. CHunki murabbiylar shtabini ham, futbolchilarni ham o'zim yiqqanman. Ishongan insonlarni jamoaga jalb qilganmiz. SHu bois har doim kollektivga hurmat bilan qarayman. Mening o'rnimni egallagan Volkov ham o'zini juda noqulay sezdi. CHunki ular bizni siz chaqirgansiz, shunday ekan, o'rningizga qolib ishlay olmaymiz deyishdi. Ularga esa yaxshi jamoa tuzganimizni endi mensiz ushbu o'yinchilar bilan birgalikda isbotlashinglar kerak dedim. Lekin shuni aniq bilamanki, maydonga chiqadigan o'yinchilardan hamda murabbiylar shtabidan tashqari mening o'rnim kimlargadir kerak bo'lib qoldi.

-   “Navbahor”ga bosh murabbiy etib tayinlangan paytingizda ham siz bilan gaplashgandik. O'shanda katta rejalar tuzayotganingizni garchi hali maqsad qo'yilmagan bo'lsa-da, jamoa bilan birgalikda yaxshi natijalar ko'rsatish harakatiga tushib qolgandinglar. Lekin o'sha suhbatimizdan oradan ko'p o'tmasdan vaziyat tamoman o'zgarib ketdi. Vaholanki, chempionat boshlanganiga endi ikki oy bo'lyapti...
-   Agar menga imkoniyat berildi desam, mutaxassislar bu gapimga qarshi chiqishadi. CHunki hech kim 5-6 ta turni imkoniyat deb hisoblashmaydi. Mutaxassislar bunday gaplarni faqat o'zimgagina aytishlari mumkin. To'g'risi, hozir nima deyishga ham hayron bo'lib qoldim. Hech bo'lmagan birinchi davra oxiriga qadar imkoniyat berilganida nimalarga qodirligimizni haminqadar ko'rsata olgan bo'lardik. Lekin futbolchilar mensiz ham o'z kuchlarini ko'rsata olishlariga ishonaman.


-   6 ta o'yinda 1 g'alaba, 1 durang va 4 ta mag'lubiyat qayd etildi. Aynan ushbu o'yinlar istefoingizga turtki bo'ldi. Ushbu uchrashuvlar haqida nima degan bo'lardingiz?
-   Tan olish kerakki, “Lokomotiv” bizdan bir bosh ustun jamoa. Ikkinchi o'yinimizni Farg'onada o'tkazdik. “Neftchi”ga qarshi derbi edi. Qolaversa, ular o'z maydonidagi ochilish uchrashuvini o'tkazishdi. G'alaba ikkala jamoaga ham zarur edi. O'sha o'yinda yaxshi o'ynadik va yutishimiz mumkin edi. Afsuski, vaziyat biz o'ylagandek bo'lib chiqmadi. Eng alamli bellashuvni o'z maydonimizda “So'g'diyona”ga qarshi o'tkazdik. Ikkala bo'limda ham ko'plab golli imkoniyatlarni yaratgan bo'lsak-da, birorta ham gol ura olmadik. Ko'proq shu o'yin tasir ko'rsatdi. Agarda “So'g'diyona”, “Mashal” va “Olmaliq”ni yutganimizda hozirgi holatimiz ancha yaxshilangan bo'lardi. Hozirgacha o'tkazgan uchrashuvlarimizda “Lokomotiv”dan tashqari qolganlari bilan bemalol o'ynab g'alaba qozonsak bo'lardi. Tan olishimiz kerakki, mehmonda ikkita o'yinda yutishimiz kerak edi. Baribir mening o'rnim boshqalar uchun kerak edi. Agar “Paxtakor”ni yutib keyingi turda yutqazgan taqdirimizda ham meni istafoga chiqarishgan bo'lardi. Oldimizda “Obod”ga qarshi o'yin turgandi. Ammo hammasini shu qadar tez bajarishdiki, o'zim ham hayron qoldim. “Obod”ni yutsak, mening ishdan bo'shashim yana sekinlashib qolardi, tushunyapsizmi? SHu bois “Obod” jamoasini yutmasimizdan avvalroq meni istefoga chiqarib yuborishdi.

-   Balki bu narsa uyushtirilgandir-a?!
-   Ko'zim bilan ko'rib, qo'lim bilan ushlamaganim uchun bir narsa deya olmayman. Nima uchun ishdan ketganimni, kim sababchi bo'lganini men bilmasam ham, muxlislar qachondir buning tagiga etishadi.

-   Mag'lubiyat murabbiyniki, g'alaba esa jamoaniki deyishdai. Tabiiyki, mag'lubiyatlar soni ko'proq bo'lgani uchun siz javobgarsiz. Sizningcha, qaerda xatoga yo'l qo'ydim deb o'ylaysiz?
-   Xato deb to'g'ri aytyapsiz. Ammo aynan qaerda bunday yo'l tutganimni eslay olmayapman. Biroq bitta aniq xatoim shundaki, yutadigan o'yinlarimizda g'alaba qozona olmay qoldik. Ochig'i, bundan boshqa xatoni ko'rmayapman. Har qanday holatda ham mag'lubiyatga baribir bosh murabbiy javob beradi. SHu sababli hozirgi holatni ham to'g'ri qabul qilishga majburman. Kimlargadir yutqazgan o'yinlarimiz turtki berdi.

-   Taassufki, mustaqil ravishdagi bosh murabbiylik ishingiz uzoqqa cho'zilmadi. Bunday vaziyatda har kimga turlicha tasir qiladi. Sizni murabbiy sifatida niholga o'xshatsak, bu holat Rashid G'ofurovni “sindirib” qo'ymasmikin?
-   Yo'q, hayot davom etadi. Nasib qilsa murabbiy sifatida boshqa joyda ham ishlashim mumkin. Hammasi insonning o'ziga bog'liq. Umuman, istefoimni o'ta yomon qabul qilganim ham yo'q. Bilaman, shunday murabbiylar borki, uni haydab yuborishsa ham yana qayta ishga olishlarini so'rab iltimos qilishadi. Men esa bunday murabbiylar toifasiga kirmayman. Taklif qilishsa borib ishlayman, chaqirishmasa shundoq ham ishim etarli. Bo'lib o'tgan ishlardan keyin karaxt ahvoliga tushib qolmadim. Faqat boshida yarim, bir kunga ushbu vaziyatdan chiqib ketish uchun vaqt kerak xolos.

-   Sizni “Navbahor”ga bosh murabbiy bo'lganingizni muxlislar iliq qarshi olishgandi. Endi esa ko'cha-kuyda yurganda ularga nima deya olasiz?
-   Bu savolingizga “Barselona” bilan “Real” o'rtasidagi o'yinni misol keltiraman. Serxio Ramosga qizil kartochka ko'rsatildi, lekin jamoasi yutib ketdi. O'yindan keyin Ramosning aytgan gaplari etiborimni tortdi. Agarda “Real”ning yutishini avvalroq bilganimda uchrashuvning 5-daqiqasidayoq qizil kartochka bilan maydondan chiqib ketgan bo'lardim dedi. Agarda “Navbahor” yaxshi natijaga erishishi aniq bo'lsa, men jamoa manfaati uchun, 6-turdan keyin emas, 2-turdan keyinoq ketgan bo'lardim. Mensiz jamoa yaxshi natijalarga erishsa bundan faqat xursand bo'laman. CHunki bu men yiqqan jamoadir.

-   Endi rejalaringiz qanday?
-   Ikki haftacha davolanishni o'ylab turibman.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.  

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика