So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Rashid G'ofurov: "Hakamlik haqida gapirish befoyda. Keyingi turda ishlamasa ham bizga qizig'i yo'q" Yangiliklar

Rashid G'ofurov: "Hakamlik haqida gapirish befoyda. Keyingi turda ishlamasa ham bizga qizig'i yo'q"

Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Navbahor-farm" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Rashid G'ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yinda ikki xil bo'limlarga guvoh bo'ldik. Ko'rdinglar, birinchi bo'limda mezbonlarga hujum uchun deyarli imkoniyat bermadik. Ikkinchi bo'limda yigitlarning o'yinida pasayish kuzatildi, birinchi bo'limdagi kabi o'ynamadik. Balki shamol tasir qilgandir. Agar birinchi bo'limdagi o'yinimizni davom ettirganimizda natija boshqacha bo'lishi mumkin edi.

- Hakamlik haqida qanday fikrlaringiz bor?

- Hakamlik haqida men gapirganim bilan foydasi yo'q. Bu faqat o'zimning zararimga ishlaydi. Ularning ishini ko'rib chiquvchi qo'mita bor. Hakamlik ustidan shikoyat qilsak, o'sha hakam keyingi turda ishlamasa, bizga qiziq ham emas yoki biron foydasi yo'q.

- Futbolchilik vaqtingizda "Mashal"da o'ynagansiz. Bugun murabbiy sifatida sobiq jamoangiz bilan bahs olib bordingiz. Taasurotlar qanday?

- Ha, futbolchilik vaqtimda "Mashal"da o'ynaganman. Kuchli jamoa edi, chempionatda yuqori o'rinlar uchun kurashardi. Bu jamoa safida CHempionlar ligasida o'ynaganman, juda yaxshi taasurotlar qolgan.

Hozirgi "Mashal" ham yomon emas, faqat o'z darajasida o'ynamayapti. Kuchli tarkib bor, sharoitlari yaxshi. Superligani maqsad qilgan klub biz kabi jamoalar bilan o'yinda bir bosh ustun o'ynamasa, kamsitmoqchi emasman, ularni yaxshi jamoa deyish qiyin.

- Bugun Asror Aliqulov va Rashid G'ofurovlar jamoasi o'zaro o'ynadi. Sizningcha, kimning jamoasi ustunroqdek bo'ldi?

- Natijaga qarasangiz, mezbonlar yutdi. Demak, natija bo'yicha ular ustunroqdek bo'lishdi.

- Birinchi davrada Namanganda kechgan o'yinda 2:2 hisobi qayd etilgandi. Bugun "Mashal" darvozasiga gol ura olmaganliklaringa sabab nima?

- Namangandagi o'yin jangovor ruhda o'tgandi. Bilasizmi, o'sha "Mashal" mening nazarimda hozirgisidan anchayin kuchliroqdek edi. Bugun gol ura olmaganimizga sabab sifatida har ikki bo'limda ham bir xil o'yin namoyish etmaganimizni ko'rsatishim mumkin. SHuningdek, bugun asosiy tarkibimizdan 5 nafar futbolchi yo'q edi. O'yin davomida zaxira bo'yicha bir oz muammolarga uchradik. Bizning tarkibimiz faqat mahalliy futbolchilardan shakllantirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика