So’nggi yangiliklar

07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2

Rashid Fofurov: “Volkov jamoamizga qaytdi" Yangiliklar

Rashid Fofurov: “Volkov jamoamizga qaytdi"

Namanganning “Navbahor” jamoasi ham yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik olib bormoqda va hozirda reja asosida Toshkentda shug'ullanmoqda.

Yig'in davomida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilmoqda va selekciya borasida ham ishlar olib borilmoqda. Bosh murabbiy Rashid G'ofurov esa imkon qadar tarkibni shakllantirishga va uni kuchaytirishga etibor qaratmoqda. SHu sababli u bilan bog'lanib tarkibdagi o'zgarishlar va qishki yig'in haqida suhbatlashdik.

- Rashid aka, “Navbahor”ning Toshkentdagi yig'inidan qanchalik qoniqish hosil qilyapsiz?

- Hammasi joyida, yig'in reja asosida davom etyapti. Toshkentdagi yig'inimizdan qoniqish hosil qilyapman. Lekin tarkib masalasida bunday deya olmayman. Nimagadir bu borada ko'nglim to'layotgani yo'q. Yana ayrim ko'z ostimizga olib qo'ygan futbolchilarimiz bor. Biroq, ular bilan hali bir to'xtamga kelmaganimiz uchun hozircha gapirmay turganim yaxshi.

- Bo'lib o'tayotgan o'rtoqlik uchrashuvlari borasida fikrlaringiz?

- O'tkazayotgan o'rtoqlik uchrashuvlarimiz yaxshi yoki yomon emas. Ammo, qishki tayyorgarlikni kech boshlaganimiz hamda yigitlarimizda jismoniy jihatdan kamchiliklar borligi o'sha nazorat bellashuvlarida ko'zga tashlanib qolmoqda. Optimal tarkibga ega bo'lmayotganimiz o'yinlar paytida bilinyapti va bu orqali ko'plab jamoalardan orqada qolyapmiz. Baribir jamoa o'yinini kuchaytira oladigan 3-4 nafar futbolchi kerak. Biz ana shunday o'yinchilar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Agarda ular safimizga qo'shilishsa, o'ylaganlarimizni amalga oshira olamiz. SHu bois ham o'sha futbolchilarga umid qilib turibmiz.


- Ayni paytda ko'rikda ishtirok etayotgan futbolchilar bor. Xo'sh, ular haqida fikrlaringiz qanday?

- Aynan qaysi o'yinchilarni nazarda tutyapsiz?

- Masalan, Mo'ydin Mamazulumov, Oleksandr Pishur, SHuhrat Yo'ldoshev, Alisher Ahmedov...

- Alisher Ahmedov bilan do'stona ruhda xayrlashdik. Ha, u yomon darvozabon emas. Lekin bizda uning saviyasidagi posbon bor. Hatto, undan ham kuchliroq darvozabonlarga egamiz. Qolgan futbolchilarni ham sinab ko'ryapmiz. Oliy liga havosidan bahramand bo'lgan yigitlar hozirda biz bilan birga shug'ullanishmoqda. Lekin imkon qadar tarkibimizni kuchaytirishimiz lozim. Rostini aytsam, hozirgi paytga kelib aksariyat yaxshi saviyadagi futbolchilar o'z jamoalarini topib bo'lishgan. Mavsum boshlanishiga esa bir oydan sal ko'proq vaqt qoldi xolos. SHunga qaramay, vaziyatni o'zimiz uchun ijobiy tomonga o'zgartirishga harakat qilyapmiz va chempionat boshlanishigacha iloji boricha tarkibimizni kuchaytirmoqchimiz.

- Pishur masalasi hal etildimi?

- Ayni paytda bu hujumchining masalasi ochiq turibdi. Umid qilamanki, tez orada u bilan bog'liq vaziyatni hal qila olamiz.

- Yangi shartnomaga imzo chekkan futbolchilar bormi?

- O'tgan yilgi tarkibimizda qolgan o'yinchilar bilan shartnomalarni uzaytirganmiz. Yangi taklif etilgan futbolchilar bilan ham gaplashyapmiz. Ular bilan ham o'zaro kelishsak, tez orada bitimlarni imzolaymiz. Faqat shartnoma tuzganimizdan keyingina bu haqida malumot beramiz.


- Jamoada murabbiy sifatida ish boshlagan Mikola SHevchenkoni ham ketishiga munosabatingizni bildirib o'tsangiz?

- U sog'ligi tufayli klubdan ketishga majbur bo'ldi. Yaqinda operaciya stoliga yotgan ekan. Aslida esa u bilan boshida gaplashganimizda bu haqida aytmagandi. O'rtoqlik uchrashuvi paytida o'zini noqulay his qildi va bu uning o'ziga ham tasir qildi. SHundan keyin yonimga kirib xafagarchilik yo'qmi, ishlashga sog'ligim yo'l qo'ymayapti, operaciyadan keyin 3-4 oy dam olishim kerak edi, lekin men ishlashni xohlagandim, dedi. SHu sababli uni to'g'ri tushundim va samimiy manoda xayrlashdik.

- Endi uning o'rnini kim egallaydi?

- Aleksandr Volkovni qaytardik. Biz u bilan gaplashdik va kelishib qo'ydik. Ertadan mashg'ulotlarimizga qo'shiladi (suhbat 24 yanvarda bo'lgan).

- Tushunarli. Jamoaning keyingi rejalari qanday?

- 30 yanvargacha Toshkentda shug'ullanamiz va keyin bir-ikki kun yigitlarga dam beramiz. Keyin yana 2 fevralda poytaxtda to'planamiz. Bu erda 15 fevralgacha mashg'ulotlarni olib boramiz.

- Hozirda bosh murabbiy sifatida Sizni qiynayotgan asosiy muammo nima bo'lib turibdi?

- Bu tarkib bilan bog'liq masala. Jamoada hamma narsa etarli bo'lsa-yu, ammo tarkib ko'ngildagidek bo'lmasa bundan katta muammo bo'lmasa kerak. To'g'risini aytadigan bo'lsam, o'yinchilarda  “Navbahor”ga nisbatan ishonchsizlik paydo bo'lib qolgan. Bizdan oldin bu erda qanday yo'llar bilan ishlashganini bilmadi-u, lekin futbolchilarda baribir klubga nisbatan ishonchsizlik sezilib turibdi. Biz esa hammasini yaxshi bo'lishiga, endi boshqacha ish yuritilishi haqida gapirayotgan bo'lsak-da, ularni ishontirish qiyin kechyapti. Mavsum boshlangunigacha hammasini ijobiy tarafga o'zgartirishga harakat qilamiz.

- Darvoqe, shu o'rinda Xayrulla Karimov masalasiga ham to'xtalib o'tsangiz?

- Hozircha bu futbolchining ham masalasi ochiq turibdi. Lekin uni ham safimizda olib qolishga harakat qilyapmiz.

Manba: “Asr futboli” gazetasi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика