“Rash-Milk” bosh murabbiysiz qoldi
26 mar 2019 14:59
Yangiliklar
“Rash-Milk” bosh murabbiysiz qoldi
Joriy mavsum “B” PRO-Ligada ishtirok etish maqsadida astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan SHahrixonning “Rash-Milk” jamoasi bosh murabbiysiz qoldi.
Olingan malumotlarga ko'ra, jamoani yangi mavsumga tayyorlab kelayotgan mahalliy murabbiy Nozim Mullaoxunov rahbariyat tomonidan kutilmaganda istefoga chiqarilgan.
Aytishlaricha, Andijon viloyati hokimi Kubogi final uchrashuvi yakuniga etgach Mullaoxunov jamoa bilan xayrlashgan. Malumot uchun “Rash-Milk” “Hokim Kubogi-2019” turniri finalida “Navbahor” yoshlar jamoasini mag'lub etib, bosh sovrinni qo'lga kiritgandi.
Hozirda jamoa mashg'ulotlarini o'ynovchi murabbiy Asror Rahmonov o'tib kelmoqda. Ertaga shahrixonliklar Bo'ston dahasidagi “BO'FM” maydonida Farg'onaning “Istiqlol” jamoasiga qarshi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazishga kelishib olgan.
Fikrlar