Rangnik Van de Bekning mavsum so'ngiga qadar MYUda qolishini xohlaydi
14 jan 2022 16:11
Yangiliklar
Rangnik Van de Bekning mavsum so'ngiga qadar MYUda qolishini xohlaydi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni Van de Bek qishki transfer oynasida klubdan ketmasligi mumkin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, futbolchi ham, agenti ham ehtimoliy ijara haqida ogohlantirilmadi, jamoa bosh murabbiyi Ralf Rangnik esa niderlandiyalikning mavsum so'ngiga qadar jamoada qolishini xohlaydi.
Qayd etish kerakki, ayni damda 24 yoshli o'yinchi borasida Dortmundning "Borussiya" jamoasi bilan muzokaralar yo'q.
Van de Bek joriy mavsum barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar