Rangnik Ronalduni sardor etib tayinlamaydi
18 fev 2022 20:28
Yangiliklar
Rangnik Ronalduni sardor etib tayinlamaydi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik Krishtianu Ronalduni jamoaning yangi sardori etib tayinlashi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Nemis mutaxassisi ushbu mavzu bo'yicha ingliz nashrlarining barcha xabarlari yolg'on ekanligini malum qildi.
“Men hech qachon birorta futbolchi bilan sardorlik bog'ichini o'zgartirishni muhokama qilmadim. Bu borada muammo bo'lgani yo'q. Kim sardor bo'lishini men hal qilaman. Garri Maguayr hozirda jamoa sardori va shunday bo'lib qoladi", — dedi Rangnik matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Garri Maguayr va Krishtianu Ronaldu o'rtasida "Manchester Yunayted" sardorligi uchun mojaro yuzaga kelgani haqida mish-mishlar tarqalgandi. Xabar qilinishicha, portugaliyalik forvard shaxsan Rangnikga uni sardor etib tayinlash iltimosi bilan chiqqan.
Fikrlar