Rangnik “Milan” murabbbiyi va sport direktoriga aylanishi mumkin
03 fev 2020 22:52
Yangiliklar


Rangnik “Milan” murabbbiyi va sport direktoriga aylanishi mumkin
“RB Leypcig” jamoasining sobiq ustozi, ayni paytda “Red Bull” kompaniyasining sport loyihalarida ishlayotgan Ralf Rangnik yozda “Milan”da ish boshlashi mumkin, deya xabar bermoqda Bild.
Manbaning xabariga ko'ra, Milan klubi 61 yoshli mutaxassisga bir yo'la bir nechta lavozimlarni - bosh murabbiylik va sport direktori vazifasini bajarishni taklif etmoqda. Ilgariroq Rangnik “Milan” bilan muzokaralar olib borganini rad etgandi. Ayni paytda Stefano Pioli “Milan” bosh murabbiyi etib hisoblanadi.
Ilgariroq Rangnik “SHtutgart”, “Gannover”, “SHalke-04”, “Xoffenxaym”, “RB Leypcig” va boshqa jamoalarda ishlagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar