Rangnik Germaniya termasida ish boshlashi mumkin
06 dek 2022 20:15
Yangiliklar
Rangnik Germaniya termasida ish boshlashi mumkin
Germaniya futbol ittifoqi milliy terma jamoa menejerligi uchun nomzod izlamoqda.
JCH-2022da Germaniya termasi pley-offga chiqa olmaganligi sababli Oliver Birxoff ishdan ketdi va ushbu joy bo'shab qoldi. Oliver 18 yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.
Hozirda tashkilot Birxoffning o'rniga boshqa nomzod qidirmoqda. Ularning orasida biror favorit ham yo'q. "Stern" xabariga ko'ra, germaniyalik sobiq futbolchilar Mattias Zammer, Lotar Matteus, Tomas Xitclsperger, Sami Xedira va Filipp Lam, shuningdek, Avstriya termasi ustozi Ralf Rangnik ayni damda Germaniya termasi menejerligi uchun nomzod ko'rilmoqda.
Fikrlar