Rangnik: “Birinchisi – janob Xayd, 2-si esa doktor Jekil”
16 fev 2022 09:20
Yangiliklar
Rangnik: “Birinchisi – janob Xayd, 2-si esa doktor Jekil”
“Birinchi taymda janob Xaydni, ikkinchisida esa doktor Jekilni ko'rdik va yakunda natija boshqacha bo'ldi. Yaxshi formada bo'lgan jamoaga qarshi o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritish muhim edi.
“Brayton”ning o'yini to'pga nazorat qilish va to'liq ishonchga asoslangan, ikkinchi bo'limda ko'proq tavakkal qilishimiz kerak edi va bu samarasini berdi. Gol urdik, Dankni qizil kartochka olishga majbur qildik.
75-daqiqadan keyin hisob 3:0 yoki 4:0 ko'rinishida bo'lishi kerak edi, ammo raqib darvozasi oldida bizga ishonch etishmadi.
Uch durangdan keyin muhim g'alaba. Oldinda bizni “Lids”ga qarshi yana bir shiddatli uchrashuv kutmoqda. 95 daqiqa davomi etadigan yuqori tezlikdagi futbolga tayyor turishimiz kerak bo'ladi.
Ronalduning nafaqat to'p kiritgani, balki golni qoyilmaqom tarzda urgani juda ham muhim. Uning bugungi o'yini boshqaruvimdagi eng yaxshilaridan biri”, deydi Rangnik.
Fikrlar