

Afsonaviy operachi "Time To Say Goodbye"ning (xayr deyish vaqti) o'rniga "Time To Win Again"ni (yana g'alaba vaqti) ijro etadi. Andrea "Lester" ustozi Klaudio Ranerining iltimosiga yo'q demadi, dunyo bo'ylab davom etayotgan turneni to'xtatdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Raneri olti hafta oldin Bochelliga o'z iltimosini yuborgan edi, chunki uning jamoasi chempionlik uchun yaxshi imkoniyatga ega edi. U klub futbolchilari va muxlislariga syurpriz uyushtirmoqchi bo'ldi.



