Ramos "Real"dan ketish haqida o'ylamoqda
24 may 2019 19:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/497473_original.jpg)
![](/upload/storage/497473_220.jpg)
Ramos "Real"dan ketish haqida o'ylamoqda
Tajribali markaziy himoyachi Serxio Ramos "qirollik klubi"ni yozda tark etishga tayyor.
Bu haqda El Chiringuito xabar bermoqda. "Real" sardori o'z kelajagi haqida boshqotirmoqda va Evropa klublaridan keladigan taklifni qabul qilishga tayyor bo'lib turibdi. Bu qarorga kelishida, u ECHLda "Ayaks"ga mag'lub bo'lgan o'yindan so'ng kiyim almashtirish xonasida Florentino Peres bilan yuzaga kelgan janjal sabab bo'lgan.
33 yoshli ispaniyalikning amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsum Ramos 42 o'yinda 11 ta gol urdi va 2 marta assistni amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar