Ramos: "Hakamlar mening ustimdan kulayotgandek bo'ldi"
23 fev 2020 10:48
Yangiliklar
Ramos: "Hakamlar mening ustimdan kulayotgandek bo'ldi"
Ramos uchrashuvning 10-daqiqasida sariq kartochka oldi. 47-daqiqada esa madridliklar Valensiya klubi darvozasi tomon penalti belgilanishini talab qilishdi. Bu pallada Xose Kampani to'pni qo'li bilan o'ynagan, bosh hakam Alexandro Ernandes penalti qo'ymagandi.

"Hakamlik borasida gapirishni istamasdim. Ular ham xato qilishadi, biroq bazida o'yga toldirishadi.
Ha, bilaman. Xar xil kriteriyalar bor. Ispaniya Superkubogida qo'lim bilan o'ynaganim uchun penalti qo'yilgandi. Bugun ham bunday holat kuzatildi, biroq penalti berilmadi.
Ernandesdan jahlim chiqdi. Oldinlari hakamlar anchagina hurmatga loyiq edi, jamoa sardorlari ular bilan gaplasha olardilar. Ular ham talab qilishardi.
Hakamning balki men bilan shaxsiy muammosi bordir. Bo'lsa, ustimdan kulmasdan shartta yuzimga aytsin. SHu bilan muammo tugaydi", - dedi Ramos.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи
Fikrlar