Ramos – gol-mashina. U Ispaniya terma jamoasi to'purarlari orasida 8-o'ringa chiqib oldi!

Sherzod Nurmatov
7 sen 2020, 00:41
Ispaniya himoyachisi Serxio Ramos Ukrainaga qarshi Millatlar ligasi o'yinida dubl qayd etdi.

Bu "Real" futbolchisining terma jamoadagi 23-goli. Endi u Ispaniya termasi tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida afsonaviy Alfredo di Stefano bilan 8-o'rinni bo'lishib turibdi. Ramos sobiq hujumchi Xulio Salinasni ortda qoldirdi (22 ta gol).

Top-10 talik quyidagicha ko'rinish oldi:

1. David Vilya – 59 gol;

2. Raul – 44 gol;

3. Fernando Torres – 38 gol;

4. David Silva – 35 gol;

5. Fernando Yerro – 29 gol;

6. Fernando Morentes – 27 gol;

7. Emilio Butrageno – 26 gol;

8-9. Alfredo di Stefano – 23 gol;

8-9. Serxio Ramos – 23 gol;

10. Xulio Salinas – 22 gol.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia