"Ralf Rangnik taktikani Ronalduga moslashtirib qurmoqda" - Rio Ferdinand
08 dek 2021 16:55
Yangiliklar
"Ralf Rangnik taktikani Ronalduga moslashtirib qurmoqda" - Rio Ferdinand
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Rio Ferdinand Ralf Rangnik va Ronaldu haqida fikr bildirdi.
"U jamoaning taktikasini Ronalduga moslashtirgan holda qurmoqda. Jamoadagi super yulduz aynan u. "SHalke"da uning qo'l ostida yana bir yulduz Raul bor edi. O'yinni moslashtirish uchun hamma narsani o'zgartirdi. Ronaldu muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgani uchun bunga rozi bo'lishi tabiiy",- deydi Ferdinand The Sun nashriga.
Rangnik iyun oyidan beri Moskvaning "Lokomotiv" klubida sport va rivojlanish bo'yicha menejer lavozimida ishlab kelayotgandi. U 29 noyabr kuni klubni tark etib, "Manchester Yunayted"ning vaqtinchalik bosh murabbiyiga aylandi. Mavsum oxirida Rangnik ikki yil davomida "Manchester Yunayted"da maslahatchi lavozimini egallaydi.
Ronaldu avgust oyida Turinning "Yuventus" klubidan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar