So’nggi yangiliklar

02:58ЛаЛига. Антони "Бетис"даги дебютидаёқ энг яхши футболчи бўлди  1 02:40А Серия. "Рома" 90+2-дақиқадаги гол эвазига "Наполи" билан муроса кўчасини танлади, Шомуродов 80 дақиқа ўйнади  33 00:33Пеп Гвардиола йирик мағлубиятдан сўнг: "Ҳимояда яхши ҳаракат қилдик"  16 00:05А Серия. "Интер" "Милан"га қарши ўйиннинг охирги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  12 23:46"Рома" – "Наполи". Шомуродов асосий таркибда!  37 23:22АПЛ. "Арсенал" ўз майдонида "Манчестер Сити"га 5та гол урди, Абдуқодир Ҳусанов майдонга тушмади  231 22:49МЮ бош мураббийи Мартинеснинг жароҳати жиддий эканини тасдиқлади  1 22:22Гавининг ҳолати бўйича маълумот берилди  2 21:50"Орзулар театри"? МЮ "Олд Траффорд"даги охирги олтита ўйиннинг бештасида мағлуб бўлди  17 20:58АПЛ. "Ман Юнайтед" бу сафар ўз уйида "Кристал Пэлас"га ютқазди. Лисандро Мартинес жароҳат олди  14 20:48Туркия. "Фенербахче" – "Ризеспор": Алиқулов сариқ карточкалари йиғилиб қолгани сабаб бу ўйинни ўтказиб юборади  0 20:16АПЛ. "Арсенал" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов захирада  69 19:58Ла Лига. "Барселона" ўз уйида минимал ҳисобда "Алавес"ни таслим этди  63 19:33Гави жароҳат олди  5 18:55«Ал Насср» яна бир ТОП футболчи учун 100 миллион евро таклиф қилди  16

Rahmatullo Meliboev: “Cementchi" faqat muxlislar uchun o'ynaydi” Yangiliklar

Rahmatullo Meliboev: “Cementchi" faqat muxlislar uchun o'ynaydi”

Teglar :  Rahmatullo Meliboev
Kuni-kecha birinchi ligada 16-tur bahslari bo'lib o'tdi. Quvasoyning “Cementchi” jamoasi o'z uyida Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasini qabul qilib 1:0 xisobida g'alaba qozondi.
O'yindan keyin yagona gol muallifi, asli qo'qonlik bo'lgan  Rahmatullo Meliboevni suhbatga tortdik.

 - Avvalo sizni va jamoangizni bugungi g'alaba bilan tabriklaymiz! “NBU-Osiyo”ga qarshi kechgan bahs haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz.

   
 - “NBU-Osiyo” jamoasi shaxsan menga juda yoqdi. Jamoaviy o'yin yaxshi shakllangan anchayin kuchli jamoa ekan. Bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. Ayniqsa ikkinchi bo'limda bu jamoa menda ijobiy taassurot qoldirdi. Tan olish kerak, o'yin deyarli teng kurashlar ostida o'tdi, lekin shukurki omad biz tomonda ekan oxir oqibat g'alaba qozondik.
   
 - Bugungi o'yinda ikki xil taymga guvoh bo'ldik, yani ikkinchi bo'lim oxirlarida ustunlik biroz mehmonlar tarafiga o'tgandek bo'ldi. Bunga sabab nima bo'ldi deb o'ylaysiz?

   
 - Birinchi bo'limda gol urib hisobda oldinga chiqib oldik. Raqib jamoa saviyasini hisobga olgan xolda murabbiylar ikkinchi bo'limda himoyaviy  o'ynab o'z darvozamizdan gol o'tkazib yubormaslik ko'rsatmalarini berishdi. Asosan qarshi hujum qilishga etiborimizni qaratdik.
   
 - Raqib futbolchilaridan kimlar sizda yaxshi taassurot qoldirdi?


 - Jamoada ko'plab tezkor o'yinchilar bor ekan. Menga asosan jamoa sardori Muzaffar Umurzoqov va 10-raqamdagi hujumchi Temur Usmonov judayam yoqdi. Yosh bo'lishiga qaramay juda  faol va hujumchida bo'lishi zarur bo'lgan hamma jihat mujassam ekan.
 
 - Bugun jamoangizga g'alaba keltirgan gol mavsumdagi sakkizinchisi edi. 13 ta uchrashuvda 8 ta gol bu yarim ximoyachi uchun juda yaxshi natija. Ushbu mavsumda o'z oldingizga nechta gol urishni maqsad qilgansiz?

   
 - Malum bir miqdorda deb ayta olmayman, qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi! To'purarlar safida yurish bu juda ajoyib! Men asosan muxlislarga
yoqadigan va jamoaga foydasi tegadigan gollarni ko'proq urishni maqsad qilganman.
   
 - Barchaga malumki Rahmatullo Meliboev jarima to'plarini maromiga etkazib bajara oladi. Sizni bu mahoratingizni yuzaga chiqarishda ko'maklashgan ilk ustozingiz kimlar? Kimning hissasi katta deb hisoblaysiz?

   
 - Menga ilk bor Farg'ona futbol internat maktabida futbol saboqlaridan dars bergan va futbol sir-asrorlarini o'rgatgan (rahmatli) ustozim Boris Petrovichning hissalari katta bo'lgan.
 
 - SHu kungacha o'ynagan jamoalar ichida sizga eng yoqqani qaysi jamoa bo'ldi va nima uchun?

 
 - Hayotimda katta ahamiyat kasb etgan va faoliyatimning ko'p qismini o'tkazganim uchun nima bo'lgandayam birinchi navbatta “Qo'qon-1912” jamoasini tutgan o'rni muhim bo'lgan. Hozirda esa eng muhimi “Cementchi” jamoasidir. Bu erda hamma narsa meni to'liq qoniqtiradi, jamoa bilan esa huddi bir oiladekmiz.
   
 - Siz bilan ishlagan murabbiylardan kimlarni alohida ajratib ko'rsata olasiz? Yani siz yoqtirgan murabbiylar kimlar?

 
 - Faoliyatim davomida ko'plab murabbiylar bilan ishladim, ular orasida doim meni tushungan va to'g'ri ko'rsatmalarni berib kelgan men yoqtirgan murabbiylarim Muhiddin Abduvaliev, Tohir Kapadze, Abdumalik Hakimov va Ilhomjon Zaylobiddinovlardir.

 - Jamoa azolarining natijalariga etiborimizni qaratadigan bo'lsak to'purarlar bahsida hujumchilar bir oz oqsayotgandek ko'rinmoqda bu nima bilan bog'liq? Umuman ikkinchi davradan “Cementchi” tarkibida o'zgarishlar bo'lishi mumkinmi?

 
 - Menimcha ha. Ikkinchi davrada jamoada o'zgarishlar bo'ladi, yaxshi tarafga albatta. Xujumchilarimizga kelsak ularda mahorat va tajriba etarli, ularga bir oz omad etishmayabdi. Xudo xohlasa yaxshi bo'lib ketadi.

 - “Cementchi” o'yin borasida raqiblariga yutqizmayotgan bo'lsada, ayrim bahslarda qimmatli ochkolarni yo'qotdi. Hususan 3-4-turlarda  musobaqa jadvalida o'zidan ancha pastroqda joylashgan “Xotira-79” va “Kosonsoy” jamoalari bilan nursiz durangga erishgan bo'lsa, 12-turda o'z uyida asosiy taqibchilardan biri bo'lgan “Uzdongju” jamoasiga mag'lub bo'ldi, bu xolatni qanday izohlaysiz?

   
 - Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Maydon tekis, to'p dumaloq. Bu o'yinlar hech narsani anglatmaydi, bazan shunaqasi ham bo'lib turadi. Asosiysi hozir jamoada hammasi ko'ngildagidek.

- Quvasoylik muxlislar haqida fikringiz qanday?

 
 - Avvalo Quvasoylik ishqibozlarga qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun jamoamiz nomidan kattakon rahmat aytamiz. Biz faqat ular o'ynaymiz.
   
 - Ishqibozlar klubi haqida-chi?

 - Albatta bu yil ashaddiy muxlislarimizdan iborat bo'lgan ishqibozlar klubi faoliyat ko'rsatmoqda. Ularga xam tashakkur! Hamisha ular bilan
yonma-yonmiz. Safar o'yinlarida xam yolg'izlantirishmay borib qo'llab-quvvatlab  turadilar. Xattoki har bir mashg'ulotlarimizda ham ular bilan birgamiz.

- Qisqa vaqt ichida jamoa azolari, murabbiylar, raxbarlar va minglab muxlislarning hurmatini qozona oldingiz...

   
- Jamoa rahbarlari va murabbiylarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildiramiz. Jamoadoshlarim va muxlislardan esa xar doim mana shunaqa qo'llab-quvvatlab turishlarini, yaxshi-yomon kunimizda doim yonimizda birga bo'lishlarini so'rab qolaman! Zero yuqorida aytib o'tganimdek, “Cementchi” faqat muxlislar uchun o'ynaydi!

Zuhriddin Abdullajonov suhbatlashdi.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика