So’nggi yangiliklar

14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  3 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  18 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  17 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0

Rahmatullo Berdimurodov: 5 yil avval terma jamoadan chaqirishlarini kutgandim Yangiliklar

Rahmatullo Berdimurodov: 5 yil avval terma jamoadan chaqirishlarini kutgandim

Navbahor chap qanot himoyachisi Rahmatullo Berdimurodov Metallurgga qarshi joriy mavsum ikkinchi tur doirasidagi bellashuvdayoq jiddiy jaroxatlanib, birinchi davra oxirigacha safdan chiqdi.
Yaqinda futbolchidan gips echilgani malum bo'ldi. SHu boisdan Berdimurodovni tiklanish jarayoni qay tarzda kechayotgani va boshqa savollar bilan suhbatga tortdik. 

- Qo'lingizdan gips olingani va mashg'ulotlarga qaytganingizni eshitdik. Sizni qachon maydonda ko'rishimiz mumkin?
- Ayni payt davolanish jarayoni davom etmoqda. Elkamga operaciya qilinganida sim qo'yilgan. Bir oydan so'ng ushbu simni shifokorlar olib tashlashadi. SHundagina jamoa bilan mashg'ulotlarga qaytaman. Uyda hozircha yugurib turibman. Hech qanday og'riqlarni sezmayapman.

- SHifoxonaga yo'l olayotganda nimalarni o'yladingiz?
- SHikastlanganim juda alam qildi. SHifoxonaga etib borganimda Navbahor ikkinchi golni o'tkazib yuborgani va o'yin durang bilan yakun topganini eshitib kayfiyatim yanada tushib ketdi. Jamoam 10 kishi bo'lib qolgani va o'zim jismoniy xolatimni tiklashim uchun barchasini yana boshidan boshlashim kerakligini o'ylab xafa bo'ldim.

- Faoliyatingizdagi eng og'ir jaroxat qaysi bo'lgan?
- Yoshligimda ham ko'p shikastlanganman. Misol uchun SHo'rtanda o'ynagan kezlarim ham qo'lim singan. Ammo, oxirgi olgan jaroxatim operaciyagacha etib bordi. SHu paytga qadar bunchalik jiddiy hamda og'ir shikast olmagandim. Futbolchi sog'aygach baribir o'zgarib qoladi. Biroz qo'rqib harakatlanadi.

- Hozircha Ilhom Boydedaev o'rningizda harakat qilmoqda. Uning harakatlarini kuzatdingizmi?
- Navbahorning Bunyodkor bilan kechgan uchrashuvini televizor orqali ko'rdim. Ilhom yomon o'ynamayapti, lekin baribir aytish lozimki, Boydedaevning harakatlarini ko'rib, uning yarim himoyachi ekanligi sezilib qoldi. Baxtiyor aka menga ishonib mavsum avvalida o'rnimga boshqa o'yinchi olmagandi. Boshqa nuqtalarda ikki-uchtadan o'yinchi bo'lsa, mening poziciyamga hech kimni jalb etilmagan. Jaroxatim bo'lmaganida hozir o'zim o'ynagan bo'lardim… Baxtiyor akani ham qiyin axvolga solib qo'ydim. Endi murabbiy yarim himoyachi bo'lsa ham qanotga o'yinchi qo'yishga majbur. Ashurmatov bilan suhbatlashib turibmiz. Har safar murabbiy ko'nglimni ko'tarib, eng avvalo sog'liqni o'ylash kerakligini uqtirib turibdi.

- Birinchi davra yakunlanish arafasida. Buxoro yil yakuniga ko'ra Oliy ligada saqlanib qola oladimi?
- Bu klub rahbarlariga bog'liq. Buxorliklar oliy ligada saqlanib qolishlari qiyin masala. 2012 yil Samarqandning Dinamo klubini 7 ochko bilan qiynalib chempionatda saqlab qolgandik. Buxoro hisobida esa hozir bor yo'g'i ikki ochko bor. Ular ikkinchi davraga kuchli o'yinchilarni taklif etishlari kerak. Menimcha ular oliy ligadan tushib ketishadi.

- CHempionlik poygasida Paxtakorga eta oladigan klub bormi?
- Paxtakorga chempionlik poygasida Lokomotivgina raqobat ko'rsatishga qodir. Bunyodkorning kuchi etmayapti. Nasaf o'yin bo'yicha Lokomotiv va Paxtakor bilan teng deb hisoblayman.  

- O'zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi uchrashuvida sizning ampluangizda Vitaliy Denisov to'p surdi. Ammo Lokomotiv vakili o'rniga Farrux Sayfiev maydonga tushgach Nasaf o'yinchisi Lokomotiv o'yinchisi singari taassurot qoldirmadi. Bunga fikringiz qanday?
- "Nasaf"da Farrux bilan birga o'ynaganman. U xuddi o'z ukamdek bo'lib qolgan. Sayfiev aslini olganda qanot himoyachisi emas, u yarim himoyada o'ynaydi. Menimcha Sayfiev, Denisovga qaraganda yaxshiroq harakat qildi. Bellashuvni o'yingohdan bevosita tomosha qildim. Farrux hujumlarga ham qo'shilib turdi. Nasaf futbolchisi menda yaxshiroq tassurot qoldirdi.

- Futbolchilik faoliyatingizni boshidan qanot himoyachisi poziciyasida o'ynaganmisiz?
- Xa. Barcha faoliyatimdagi klublarda faqatgina chap qanot himoyachisi o'rnida o'ynaganman. Lekin, bir vaqtlar Navbahorda markaziy himoyachi sifatida ham o'ynashga to'g'ri kelgan.

- Ampluangizni almashtirishni hech o'ylab ko'rganmisiz?
- Mavsum boshlanishidan avval Bunyodkorning qishki yig'inlarida qatnashganimda Sergey Lushan meni yarim himoyada ko'rmoqchiligin aytgan edi. Lekin men tezkor o'yinchi emasligim, bu chiziqda avval harakat qilmaganim bois bu poziciya noqulayliklar tug'dirishini takidladim. CHunki yarim himoyachiga tezlik kerak.

- Faoliyatingizda to'p surgan jamoalaringiz orasida sir bo'lmasa qaysi jamoa mashg'uloti qiziqarliroq kechgan?
- Har bir mutaxassisning o'z uslubi bo'ladi. Ammo, Ro'ziqul Berdievning mashg'ulotlari kuchliroq, qiziqarliroq o'tar edi. Ushbu murabbiy mashg'ulotlari rangbarang bo'ladi. Baxtiyor Ashurmatovning mashg'ulot jarayoni ham o'ziga yarasha qiziq kechadi.

- Navbahor bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov fikricha O'zbekiston terma jamoasiga uning shogirdlaridan hozirgi paytda faqatgina Azim Ahmedov jalb etilishga munosib ekan. Bu borada fikringiz qanday?
- CHindan ham murabbiy shunday degan bo'lsa, unda uning fikriga qo'shilmasdim. Kim terma jamoaga munosib yoki yaroqli emasligini bilmadim-u, lekin milliy jamoamizda Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov va Server Jeparovdan tashqari birorta futbolchini Navbahordagi yigitlardan kuchli deb ko'rsata olmayman. Albatta, jamoadoshlarim bemalol O'zbekiston termasida o'ynab ketishga qodir demoqchi emasman. Biroq, Baxtiyor akaning fikriga qo'shilmayman. Yana kim biladi deysiz… Murabbiy futbolchilar qobiliyatini yaxshiroq biladi.

- O'zingiz ham milliy jamoada o'ynashni niyat qilasizmi?
- 2010 yilda eng optimal jismoniy xolatga etganimda shunday niyat bo'lgan. Yodingizda bo'lsa, chempionatning dastlabki turlarida Navbahor xatto musobaqada peshqadamlik ham qilgandi. Ammo, o'sha payt terma jamoani boshqarib kelgan Vadim Abramov lochinlarning hech bir azosini jalb etmagan. Dilshod SHarofiddinov va yana bir nechta jamoadoshlarim o'shanda chaqiruvni juda kutishgan. O'shanda shuncha harakat qilsa ham, baribir chaqirmas ekan degan tushuncha paydo bo'lgan. Xafa emasman, lekin hozir terma jamoaga chaqirishlariga ishonish qiyin.

- Jamoa mashg'ulotlarida kim barchadan ko'ra ko'proq bu jarayonga jiddiy yondoshadi?
- Otabek Valijonov va SHahboz Erkinov. Darvoqe, yuqorida terma jamoaga mos o'yinchilar to'g'risidagi savolingizga qo'shimcha tariqasida Erkinovni ko'rsatib o'tmoqchiman. Nazarimda SHahboz O'zbekiston termasida bemalol o'ynab keta oladi.

- Uchrashuvlardan oldin Sizni ruxlantiradigan odam bormi?
- Har bir o'yinga 3-4 kun avval tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Har kuni qanday qilsak g'alaba qozonish va muxlislarni xursand qilish mumkinligini o'ylaymiz. Quyi pog'onalarga tushib ketsak fikru-xayolimiz yuqori o'rinlarga ko'tarilishda bo'ladi. Baxtiyor Ashurmatov o'z shogirdlari bilan aloxida muloqot quradi. Murabbiy menga futbolchilik davrimda senda bor texnikaga ega emasdim. Lekin, menda ishtiyoq va xohish yuqori bo'lgan, maydonda jon berib harakat qilardim. SHuning uchun terma jamoada ham o'ynaganman deb aytadi. Baxtiyor aka o'z shogirdlarini ko'nglini ko'tarib, bizlarga kerakli maslaxatlarni ayamaydi.

- 5- raqamni tanlashingizga nima sabab bo'lgan?
- Malum bir sabab yo'q. Yoshligimdan ushbu raqamni yoqtirardim. Barcha o'ynagan jamoalarim orasida faqat Navbahorda bu raqam bo'sh bo'lgan xolos. Misol uchun Paxtakorda 5 Asror Aliqulov, Nasafda Botir Qoraevga tegishli bo'lgan.

- Farzandlaringizni kelajakda qaysi kasb egasi sifatida ko'rmoqchisiz?
- Ikki nafar o'g'lim bor. Katta farzandim ikki yoshda, kenjam uch oylik. Hozirdan ularni kelgusida qaysi kasb egasi bo'lishini aniq ayta olmayman. Lekin, futbolchi bo'lmasa yaxshi bo'lardi, deb o'ylayman. CHunki, bu sport turi qiyinchiliklarini yaxshi bilaman. Aslida qarshiligim yo'q, biroq futbolchi bo'lmagani maqsadga muvofiq. Jaroxatlarni o'zim boshdan kechirganimdan so'ng bularni farzandlarimga ravo ko'rmayman. Ota-onam ham nabiralarini futbolchi bo'lmasligi tarafdori.

- O'tgan mavsumda Navbahorning o'zagrtirilmagan yagona o'yinchisiga aylanib, o'yin o'tkazish bo'yicha birinchi o'rinni zabt etgansiz. Agarda maydondan boshqa o'yinchi o'rniga Sizni almashtirishsa, murabbiydan xafa bo'lgan paytlaringiz ham bo'lganmi?
- Bunday vaziyatlarda bosh murabbiydan emas o'zimdan xafa bo'laman. CHunki, yomon harkat qilsangizgina murabbiy sizni alshmatirishi mumkin. Bunday xolatga tushib qolmaslik uchun tinimsiz mexnat qilish talab etiladi.

- Futboldan tashqari qanday sport turlariga qiziqassiz?
- Katta tennis va basketbol o'yinlarini tomosha qilishni xush ko'raman.

- Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanasizmi?
- Yo'q. Asosan Navbahor rasmiy sayti hamda championat.asia saytlariga tashrif buyurib turaman. 

- Jaroxatni davolash davrida bo'sh vaqtlaringiz tabiiyki ko'proq bo'ladi. Bundan qanday foydalanyapsiz?
- Asosan oila azolarim davrasida vaqt o'tkazib turibman. Avval bo'sh vaqtlarim kam bo'lganligi bois hozirda uyda ko'p tursam g'alati bo'lyapti. Bu xolatga ham ko'nikib ulgurdim.

J. Mahmudov suhbatlashdi
"Asr futboli" gazetasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика