Rahmatilla Muhammedrahimov: “Etakchi futbolchilarimizning yo'qligi bilindi”
08 avg 2015 12:36
Yangiliklar


Rahmatilla Muhammedrahimov: “Etakchi futbolchilarimizning yo'qligi bilindi”
“Nasaf” – “Olmaliq” yoshlari (1:3) jamoalari uchrauvi yakunlangach, “Nasaf” yoshlari ustozi Rahmatilla Muhammedrahimov o'yin haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugungi o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga tushgandik. Ammo “Olmaliq” safida tajribali futbolchilar o'ynashdi. Bizning tarkib bolalarning deyarli barchasi futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari. Qolaversa yoshlar terma jamoasi tarkibiga jalb etilgan uch nafar futbolchimiz – Aziz G'aniev, SHarof Muhiddinov va Bobir Abduholiqovning yo'qligi ham bilindi. Umuman bizning asosiy maqsadimiz – asosiy jamoamiz va turli yoshdagi terma jamoalarga mahoratli futbolchilarni etkazib berishdan iborat.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar