So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Rahimov: "O'runov tushunishi kerak - u erkin ijodkor emas" Yangiliklar

Rahimov: "O'runov tushunishi kerak - u erkin ijodkor emas"

"Ufa" sobiq bosh murabbiyi Rashid Rahimov fevralda "Spartak" (Moskva)dan Boshqirdiston klubiga ijara asosida o'tgan yarim himoyachi Oston O'runov haqida gapirdi.

- Siz O'runov haqida doim uning maydonda jamoa uchun emas, o'ziga kerak ishlarni amalga oshirayotganini aytasiz. Haliyam shundaymi?

- Ha, unda chiroyli texnika, tezlik bor va u har kimni bir-birga vaziyatda aldab o'tishi mumkin. Biz unga buni jarima maydonchasi yaqinida qilish kerakligini tushuntirdik. Ammo maydon markazida emas, to'p yo'qotilganda, tezkor qarshi hujum amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, O'runov raqibini aldab o'tganda, tez-tez oldinga yugurmaydi, sekinlashadi, ikkinchi hudud bo'ylab fintlar qilishni boshlaydi.

- Unga tushuntira olmayapsizmi?

- Nega? Yigit adekvat, tushunadigan. Ammo yaxshi ko'radi! O'runov tushunishi kerak: u erkin ijodkor emas. "Ufa"dek klublarda erkin ijodkorlar bo'lmaydi!

- Uni qanday o'ynatmoqdasiz?

- O'runov mudofaada o'ynashga majbur. Bunga kuchi imkon beradi. U "portlovchi". Raqibni tezda berkitishga, jang taklif etishga va to'pni olib qo'yishga qodir. Hujumning oxirgi qismida esa ko'proq samaraliroq bo'lishi kerak. U bo'sh hududga kirib borayotganda himoyachini aldab, darvoza tomon zarba bermoqda, yoki sheriklari zarba berishi uchun pas bermoqda.

- O'runov uchun ideal pozciya?

- Sxemaga bog'liq. Balki tayanch zonasi, balki hujum ortida. Ammo! U o'zini jamoaning manfaatlariga bog'lashi va taktik jihatdan to'g'ri o'ynashni o'rganishi kerak. Aks holda vaziyatni shunchaki kuzatadi va ushbu hududga harakatlanmaydi. Agar O'runov men aytgan ishlarni bajarsa, u shu zahoti yangi darajaga ko'tariladi, - deydi Rashid Rahimov.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика