Rafinya "Real"ga qarshi o'ynashi mumkin
17 okt 2025 00:13
Yangiliklar
Rafinya "Real"ga qarshi o'ynashi mumkin
Futbolchi 25 sentyabr kuni "Ovedo"ga qarshi o'yin vaqtida boldir mushaklarini tortib olgandi. Avvaliga uning uch haftani maydondan tashqarida o'tkazib yuborishi aytilgandi. Bu muddat tugagan bo'lsa-da, u hali ham umumjamoa bilan shug'ullanganicha yo'q. Rafinya 18 oktyabr kuni "Jirona"ga qarshi o'yinda qatnashmasligi kutilmoqda.
"Mundo Deportivo" malumotiga ko'ra, futbolchining bugungi tibbiy tekshiruv natijalari yaxshi natijalar bergan. Braziliyalikning 26 oktyabr kuni "Real"ga qarshi bahsda qatnashishi kutilmoqda. Lekin u buning uchun 21 oktyabrda ECHLdagi "Olimpiakos" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi kerak bo'ladi. Klubdagilar esa futbolchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqchi emas.
Rafinya ushbu mavsumda LaLigada 6 o'yinda 3 gol va 2 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar