Rafinya: "Bu "Bavariya"dagi so'nggi mavsumim bo'lsa kerak"
27 dek 2018 17:43
Yangiliklar
Rafinya: "Bu "Bavariya"dagi so'nggi mavsumim bo'lsa kerak"
"Bavariya" himoyachisi Rafinyaning takidlashicha, u mavsum oxirida katta ehtimol bilan klubni tark etadi.
"Bavariya"dagi vaqtim o'z yakuniga etmoqda. Yaqin yarim yil ichida ko'p narsa sodir bo'lishi mumkin, ammo bu mening klubdagi so'nggi mavsumim bo'ladi. Bu 6 oyni xotirjam o'tkazmoqchiman.
"Bavariya"ga hurmatim tufayli hozircha hech kim bilan muzokara o'tkazganim yo'q. Ammo Braziliyaga qaytsam kerak" - deydi Rafinya.
Rafinya 2011 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qiladi.
Fikrlar