Rafael Varan: "Real"ga o'tganimda depressiyaga duch kelganman"
03 dek 18:45
Yangiliklar
Rafael Varan: "Real"ga o'tganimda depressiyaga duch kelganman"
– Faoliyatingizda bunday muammolarga ilk bor qachon duch kelgansiz?
– "Real"ga o'tganimda 18 yoshda edim, menda normal o'smirlik davri bo'lmagan. Men yolg'iz edim, doimiy ravishda mashg'ulot qilardim va deyarli o'ynamasdim. Orzuim qo'ldan chiqib ketayotganini his qilardim. Bor etiborimni maydonga qaratardim, ammo keyin uyga qaytishni xohlamasdim. Tushkunlikka tushib qolgandim. Meni boshqa hech narsa xursand qilmasdi.
– O'sha paytda bu haqda kim bilandir gaplasha olarmidingiz?
– Yo'q, men uchun bu to'lanishi kerak bo'lgan tovon edi. Muvaffaqiyatga erishish uchun bundan o'tishim kerak deb o'ylardim. Endigina faoliyatimni boshlagandim va o'zimga ming xil savol berardim: "Bu erga kelib to'g'ri qildimmi? Ketishim kerakmi? Bu haqda aytishim kerakmi?". Hamma narsa barbod bo'layotganini his qilib, yolg'izlanib qolgandim, – dedi Varan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar