So’nggi yangiliklar

03:15 Евро-2024 1/8 финал. Португалия - Словения 0:0 (Пенальтилар 3:0), Роналдуни йиғлатган ўйин  5 02:40Евро-2024. Кошта Роналду ва Пепени антиқаҳрамон тамғасидан қутқариб қолди — Португалия Словенияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди  241 02:06Роналду Евро ва ЖЧларда жаримадан 60та зарба берди  6 01:29"Вильярреал" спорт директори: "Гап нима ҳақда?"   4 01:07Аббосбек Файзуллаевнинг "Вильярреал"га ўтаётгани тасдиқланмади  6 00:50Евро-2024 1/8 финал. Франция - Бельгия 1:0, Мусобақадаги тўққизинчи автогол Францияга ғалаба тақдим этди  0 00:24Азиз Ғаниев "Шабаб Ал Аҳли" билан хайрлашди  6 23:38Максим Шацких: "Владимир Назаров атайин шу ўйин учун танланмади"  16 23:35Виталий Левченко: "Қарши ҳужумда ўтказиб юборилган голлар мағлубиятга сабаб бўлди"  14 23:33Учта голи бекор қилинган Лукаку Евро-2024да ўз ҳисобига гол ёза олмади  3 22:50Евро-2024. Франция чорак финалда!  26 22:42"Кальяри" Шомуродов билан хайрлашди  11 22:38Суперлигада биринчи давра якунига етди  10 22:25"Бавария" ПСЖ футболчиси билан келишиб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" - "Пахтакор" 0:2, Пенальти бормиди?  13

Rafael Varan: “Joriy mavsum oldinga qadam tashladim” Yangiliklar

Rafael Varan: “Joriy mavsum oldinga qadam tashladim”

“Real” va Franciya terma jamoalari markaziy himoyachisi Rafael Varan oxirgi yillarda o'z poziciyasida jahondagi etakchi ijrochilardan biriga aylandi.

“Ekip” nashri muxbiri bilan suhbatda Varan o'yini va jamoadagi holati xususida berilgan savollarga javob qaytardi.

- Tez orada La Ligada “Barselona”, CHempionlar ligasida “Bavariya”ga qarshi uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Ular deyarli finalga teng.
- CHempionlar ligasida faqat grandlar qolyapti. “Bavariya” shunday jamoalardan biri. ularda ajoyib hujum chizig'i bor, ammo barchasini kichik holatlar hal etadi. CHunki o'yin saviyasi juda yuqori bo'ladi.

- O'yin taqdirini nima hal qilishi mumkin?
- Foydalilik. Zamonaviy gapirsak, ustunlik qilgan jamoa doim zafar quchmaydi. Agar jamoa to'pga egalik qilsa va gol urmasa, unda muammolar yuzaga kelishni boshlaydi.


- Raqib zaxira o'rindig'ida Anchelotti o'tiradi. Uni nima ilhomlantiradi?
- U bilan “Desima”ni yutganimizda Zidan yordamchi murabbiy edi. O'yin o'zgacha kechadi. Anchelotti klub va futbolchilarni yaxshi biladi. Karlo uchun ham uchrashuv o'zgacha ahamiyatga ega.

- U sizni Mourinochalik ko'p maydonga tushirmagandi.
- Mourino bilan ajoyib munosabatda edik. Anchelotti qo'l ostida kamroq o'ynadim, ammo u Madridda katta yutuqlarga erishdi. Buni esdan chiqarmaslik lozim. SHundan so'ng yaxshi harakat qilishni boshladim. Ehtimol, ko'proq maydonga tushirganda muhim lahzalarda ishonishi mumkinligini ko'rsatardim. O'shanda rotaciya ko'p amalga oshirilmas, maydonda yuqori darajada o'ynay olishimni ko'rsatmadim. Karlo o'z tanlovini qildi. Hech nimadan afsuslanmayman va kek saqlamayman. O'sha vaqt o'z ustimda ko'proq ishladim.

- Zidan bilan ham o'tgan mavsum oson bo'lmadi, ammo bu yil jarohat olgunga qadar maydondagi o'yinchilar orasida eng ko'p maydonga tushdingiz.
- U mavsum o'rtasida keldi va tez qarorlar qabul qilishi kerak edi. O'sha holat men uchun oson bo'lmadi. Biz qarama-qarshi fikrlarga ega edik, biroq keyin qarashlarimizni o'zgartirdik. Hozir yaxshi munosabatdamiz.


- Iyunda Zidan sizga nimalar dedi?
- Men halol odamman. SHu sababli to'g'risini aytgan maqul: ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun nima qilish kerakligini bilishni xohlardim. Zidan hammasi haqida ochiq gapirib berdi. Biz boshidan ishga kirishdik. Endi ishonchini yaxshi o'yinlarim bilan oqlashga urinaman. Zidan jamoa uchun tavakkal qilib, 5-6 qiziq vaziyat yaratishimni istaydi. Bazi holatlarda to'pni yo'qotsam ham shunday qilishimni takidlaydi.

- “Real”dan ketish to'g'risida o'yldingizmi? “Manchester Yunayted” sizni sotib olishni istagandi.
- O'zimdan klub bilan bir yo'nalishda o'syapmizmi deb so'radim. CHunki ko'proq o'ynashni xohlardim. Prezident va murabbiy menga ijobiy javob berdi. O'shandan buyon mashg'ulotda bor kuchim bilan ishladim. “Real” qanday klub ekani va 23 yoshda ekanimni unutmayman. Jamoada oltinchi mavsumni yakunlayapman.

- O'yiningizda nimalar o'zgargan?
- 17 yoshimda “Lans”da debyut qilganimda yaxshi himoyalanish va oddiy o'ynashga intilardim. Hozir esa jamoaga ko'proq foyda keltirishga urinaman. Tavakkalga boradigan va vaziyatlar yaratishda masuliyatni o'ziga oladigan o'yinchiman. Zamonaviy futbolda jamoalar zich harakat qilganda bo'sh hududlar deyarli qolmaydi. Hujum boshlanishida bo'sh joylar haqida ko'pchilik gapirmaydi, ammo ular hal qiluvchi bo'lishi mumkin. Imkon borligida chiziqlarni ishdan chiqarish uchun shunday to'p oshirishlardan foydalanaman.


- Bu esa aniq to'p oshirishlar ko'rsatkichiga salbiy tasir qiladi.
- Albatta, faqat qisqa paslar bilan o'ynasam ideal statistikaga ega bo'lardim. Bazi klublarda shunday o'yinga amal qilinadi, ammo men o'zimdan klub va terma jamoa murabbiylari talab qilgandek o'ynayman. Biz yuqori hududda harakat qilamiz. Bu esa ortimda 50-60 metr bo'sh hudud qolib ketishini bildiradi. Bunday o'yin raqib hujumchilarining etiborini tortadi. SHu sababli hushyor bo'lish zarur.

- Bunday o'yinda o'zingizga ishonch yuqori bo'lishi lozim.
- Hamisha o'zimga ishonaman. Joriy mavsum oldinga qadam tashladim. CHunki ko'p o'ynayapman va endi 23 yoshdaman. Himoyachiga barqarorlik 28-30 yoshda keladi. Faoliyatimni erta boshlaganim uchun bu jarayonga vaqtliroq etib boraman. Qarorlar qabul qilishda maydonda unchalik ikkilanmayman. Bu yil ko'proq gol urishni ham boshladim.


- Siz etarli darajada qo'pol emassiz va engil o'ynaysiz.
- 2014 yil jahon chempionatida Germaniya bizni turnirdan chiqarib yuborganda Xummelsga kurashni boy bergandim. SHundan so'ng yaxshiroq o'ynashni boshladim. Raqib bilan kurashga shiddatliroq kirishyapman. Lekin bir narsa o'zgarmaydi. Men tezligim, o'yinni o'qish va sezgimga ishonib to'p tepaman. Kerak bo'lgan paytda kurashlarga kirishaman.

- Markaziy himoyachiga kam minnatdorchilik bildiriladimi?
- Hozir markaziy himoyachilar har o'yinni juda charchagan holda tugatishadi. CHunki Indzagi kabi jarima maydoni ichida harakat qiladigan hujumchilar kamayib ketdi. Hujumchilar o'yinda faol ishtirok etib, maydon bo'ylab harakat qilmoqda. Ular tezroq va kuchliroq. SHu sababli vaziyatga moslashish talab etiladi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика