So’nggi yangiliklar

02:05"Барселона" "Реал" дарвозасига 5та гол уриб Испания Суперкубогини қўлга киритди  287 01:15Фарҳод Нишонов: "Абдуқодир Ҳусанов ва Файзуллаевлар туфайли бизни барча агентлар кузатиб бормоқда. Улар янги Ҳусановни қидиришмоқда"  0 00:56"Рома" "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 00:32"Ливерпуль" ва "Ньюкасл" Ла Лигадаги ҳимоячига кўз тикмоқда  0 00:10"Наполи" — "Верона". Таркиблар маълум  0 00:02ПСЖ — "Сент-Этьен". Барколя ва Дембеле асосий таркибда  0 00:00А Серия. Довбикнинг 90+8 дақиқада пенальтидан урган голи "Рома"ни "Болонья"га қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди, Шомуродов захирада қолдирилди  11 23:36Англия кубоги. "Саутгемптон", "Кристал Пэлас", "Ипсвич" ва "Ньюкасл" қуйи лига жамоаларини мағлуб этди  2 23:14U-20 Осиё кубогига тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг Тошкентдаги машғулотларидан суратлар  1 22:54"Манчестер Юнайтед" 10 киши бўлиб "Эмирейтс"да "Арсенал"ни Англия кубогидан чиқариб юборди  75 22:49"Реал" — "Барселона". "Эл класико" учун таркиблар маълум  38 22:42Расман: "Пахтакор" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  17 22:15Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Осасуна"дан устун келиб, 1-ўринга қайтди. Мадридликлар барча мусобақаларда кетма-кет 14-бор ғалаба қозонишди  25 21:37Нойер "Бавария"да қоладими?  0 21:15А Серия. Дармианнинг голи "Интер"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди  2

Rafael van der Vart: Gollandiya termasiga biroz vaqt kerak Yangiliklar

Rafael van der Vart: Gollandiya termasiga biroz vaqt kerak

Gollandiyalik yarim himoyachi Rafael van der Vart JCH-2010dagi ishtirokini hamon hayajon bilan yodga oladi.

Albatta, yakunda Yoxannesburgdagi finalda u mag'lub tomonda bo'ldi, shunga qaramay, o'z mamlakatining mashhur futbolchilaridan biriga aylandi. Hozir u 33 yoshda, ayni damgacha professionallikning barcha chig'iriqlaridan o'tdi. Real, Tottenxem, Ayaks, Gamburg klublari sharafini himoya qildi. Yaqinda FIFA.com sayti ushbu o'yinchini suhbatga chorlab, turli mavzudagi savollarga javob oldi.

- Daniyada o'zingizni qanday his qilyapsiz?


- Hammasi yaxshi, Midtyullandning yuqori darajada o'yin ko'rsatayotgani ham qaror qabul qilishimda muhim ahamiyat kasb etdi.

- Yangi jamoangiz o'tgan mavsumni uchinchi o'rinda yakunlagandi. Natijalar yanada yaxshilanishiga umid bormi?


- Bu erga kelganimga bir necha hafta bo'ldi, xolos. SHu bois, mazkur masalada aniq fikr bildirolmayman. Oldinda o'yinlar ko'p, barchasi biz uchun ajoyib tarzda kechishini ko'nglim sezyapti.

- Daniyada olgan ilk taassurotlaringiz?


- Bu erda o'zimni uydagidek his qilaman, demak faoliyatimni ko'ngildagidek davom ettirish imkoniyatiga egaman.

- So'nggi bir necha yil siz uchun qiyin kechdi. Oilaviy mojarolar shular jumlasidan. Ushbu jarayon maydondagi holatingizga nechog'li tasir ko'rsatadi?


- SHaxsiy hayotim haqida gapirishni yoqtirmayman, ammo qiyin davrni boshdan kechirganim rost. Betisda vaqtimni zaxira o'rindig'ida o'tkazdim, bunga ko'nikish oson emas. Avvalgi darajamga qaytishni chin ko'ngildan xohladim.

- Hozir o'zingizni faxriy deb hisoblaysizmi?


- Bilmadim, asosiysi - futboldan zavq olish. Yoshim 21da emasdir, biroq nimalarga qodir ekanligimni ko'rsata olyapman. Yana eng yuksak cho'qqilarga chiqishim mumkin va buni isbotlashga tayyorman.

- Nima deb o'ylaysiz, qachondir Evropa top-klubiga qaytishingiz mumkinmi?


- Millionlar o'yinida oldindan nima bo'lishini bilmaysiz. Hozirgi klubim bilan ikki yillik shartnoma imzoladim, ushbu mamlakatda ekanligimdan xursandman. Jamoa muvaffaqiyati yo'lida borimni beraman, birgalikda yutuqlarga erishamiz. Hozir kelajakning qanday kechishi haqida o'ylashning vaqti emas.

- Gollandiya termasini omadsizliklar tark etmayapti. Bunga sabab nima?


- Masofadan turib, jamoa azosi bo'lmagan holda vaziyatga baho berish qiyin. Biz o'ynagan davr bilan hozirgisi o'rtasida tafovut bor. O'sha kezlari men Realda, Sneyder Interda o'ynardik, safimizda Bavariya va Barselona azolari to'p surishgan. Hozirgi termadan esa Evropaning unchalik kuchli bo'lmagan klublari vakillari o'rin olishgan. Farq shunda. Bugungi Gollandiyaga biroz vaqt kerak. Ularning Evro-2016dan chetda qolishganiga achingandim. Darhaqiqat, qiyin davrni boshdan kechirishmoqda, ammo istedodli yoshlar hisobiga o'yinni shakllantirish mumkin. Potencial bor, biroz tajriba to'plansa, hammasi o'z iziga tushib ketadi.

- Termadagi faoliyatingizni rasman yakunlaganmisiz?


- Yo'q. Hech qachon ketishim haqida gapirmaganman. Uch yildan buyon milliy jamoadan chaqiruv olmadim, biroq keyinchalik nima bo'lishini oldindan bilmaysiz. Asosiy maqsadim bu emas. Eng avvalo, klubim safida ko'proq o'ynab, formamni saqlab turishim lozim, voqealar rivoji qanday kechishini vaqt ko'rsatadi. Gollandiya termasiga taklif qilishsa, hamisha tayyorman, biroq hozircha aloqaga chiqmadik.

- Gamburg hayotida ro'y berayotgan voqealarni kuzatyapsizmi?


- Bu klub umrimning bir qismiga aylangan, uning muvaffaqiyatlarini nazardan chetda qoldirmayman. Gamburgning ishtiroki men uchun hamisha qiziq.

- Yana qancha muddat to'p surmoqchisiz?


- Yugurolmaydigan holga kelguncha o'ynayman (kuladi). SHundan so'ng nima bo'lishini vaqt o'tgani sari ko'raveramiz.

- Termadagi faoliyatingiz davomida yodda qolgan eng muhim voqea qaysi?


- Janubiy Afrika Respublikasi o'tgan jahon chempionati finaliga chiqqanimiz. Bu yorqin xotiralar hamisha yodimda qoladi.

- Hozirgacha sizni afsuslantirgan hodisa ro'y berganmi?


- Yo'q. Doimo xatolar ustida ishlab, kuchli bo'lishga intilish lozim. Men ham kamchiliklardan xoli emasman, lekin shunga qaramay, holatimdan mamnunman.

- Germaniya, Angliya, Ispaniya va Daniyada to'p surishga ulgurdingiz. Qaysi chempionat sizga ko'proq maqul keldi?


- Hamma erda miriqib to'p surdim. O'ynash imkoniyatiga ega bo'ldim, ko'plab chiroyli shaharlarda yashadim. Bundan benihoya baxtiyorman.

O'.UMAROV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика