Rafael va Fabio yozda "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin
15 jan 2014 03:11
Yangiliklar


Rafael va Fabio yozda "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin
Aka-uka Pafael va Fabio da Silvalar yozda "Manchester Yunayted"ni tark etishlari mumkin, deya xabar bermoqda futbolchilar agenti.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli braziliyalik egizaklar 2008 yilda "MYU"ga kelishgan edi, ammo ulardan faqat bittasi - Rafael asosiy tarkib futbolchisiga aylana oldi.
Fabio o'tgan mavsumni "KPR"da ijara asosiyda to'p tepish bilan o'tkazdi.
"Ularning qishgi transfer darchasi davomida biror joyga o'tishi mumkinligi haqida men hech narsa bilmayman. Bu gaplar shunchaki mish-mishdan boshqa narsa emas. Ular mavsum ohiriga qadar "MYU"da qolishlarini aniq ayta olaman. Yozda esa katta ehtimol bilan ular "Yunayted"ni tark eimshlari mumkin", dedi aka-uka da Silvalar agenti Kassiano Pereyra.

Fikrlar