Radamel Falkao: “Golni nishonlash paytida nega quchoqlashish kerak emas?”
17 may 2020 08:25
Yangiliklar
Radamel Falkao: “Golni nishonlash paytida nega quchoqlashish kerak emas?”
“Karantin paytidagi futbol uchrashuvini tomosha qilib, menda savol tug'ildi: futbolchilarni gol urilgach, bir birilarini quchoqlagan holda tabriklashlarini taqiqlashdan nima naf? SHundog'am butun uchrashuv davomida ular raqib jamoasi vakillari bilan “kontakt”da bo'lishadi. Burchak va jarima to'plari vaqtida himoyachilar ustimizdan sakrab, to'p uchun kurashishadiku! “Jonli devor” o'rnatilgan vaqtda jamoadoshlar bir birlari bilan juda yaqin joylashishadku?!” deya o'zining Tvitterdagi sahifasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi Falkao.
Eslatib o'tamiz, kecha Bundesliganing 26-turi doirasida o'tkazilgan “Borussiya” – “SHalke-04” jamoalari (4:0) o'yini vaqtida mezbonlar raqib darvozasini ishg'ol etgach, ijtimoiy masofani saqlagan holda golni nishonlashgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar