Rabo yana bir taklifni rad qildi

Mirjalol Normatov
12 avg 2018
PSJ futbolchisi Adrien Rabo jamoasi taklif qilgan yana bir shartnomaga rad javobini berdi.

"L`Equipe" nashri xabariga ko'ra, parijliklar 23 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirish uchun navbatdagi urinishni amalga oshirgan. Ammo futbolchi bunga rad javobini bergan. Shartnomada Rabo istagan maosh ko'rsatilmagan.

Oldinroq futbolchining xizmatlariga "Barselona" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe