Rabo uchun kurashda "Yuventus" etakchilik qilmoqda
13 may 2019 19:40
Yangiliklar


Rabo uchun kurashda "Yuventus" etakchilik qilmoqda
PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo mavsum yakunida klubni tark etadi.
Franciyalik futbolchi uchun "Yuventus" kurashmoqda. 24 yoshli Raboni turinliklar direktori Fabio Paratichi anchadan beri kuzatmoqda.
Bu hafta muzokara o'tkaziladi. Turin klubi uni Aaron Remsi bilan maydon markazini to'ldira olishiga ishonishmoqda. Adrien Raboning xizmatlariga "Real" va "Tottenxem" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Rabo joriy mavsum parijliklar uchun 14 o'yinda 2 ta gol urib, 1 marotaba golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar