Rabio "Yuventus" va PSJning farqini aytdi
03 iyu 2019 16:05
Yangiliklar
Rabio "Yuventus" va PSJning farqini aytdi
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabio Italiya klubini PSJdan bir bosh ustun qo'ydi.
- "Yuventus" har doim CHempionlar Ligasining hal qiluvchi o'yinlariga chiqa olgan, - deydi Rabio. SHu jihatdan klub PSJdan bir pog'ona baland turadi, shu sabablar tufayli men ketishga qaror qildim. Men Parijda ancha o'ynadim va shuni aytishim mumkinki, CHempionlar Ligasi muvaffaqiyat tezda keladigan turnir emas. G'alaba uchun tajriba talab etiladi.
Men jamoaga yordam berish uchun eng yaxshi jihatlarimni ko'rsatishni xohlayman va bizning eng asosiy maqsadimiz CHempionlar Ligasidir.
Rabio 2018/19 yilgi mavsum PSJ safida 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assistga erishgan. 24 yoshli franciyalik futbolchi dekabr oyidan beri klub bilan kelishmovchiligi sabab maydonga tushmayotgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar