Rabbim Hasanov “Istiqlol”da
30 jan 2020 10:31
Yangiliklar


Rabbim Hasanov “Istiqlol”da
Yaqinda “Andijon” jamoasi bilan xayrlashgan futbolchi Rabbim Hasanov “Istiqlol” lagerida paydo bo'ldi.
32 yoshli markaziy yarim himoyachi katta extimol bilan PRO-Liga ishtirokchisi Farg'onaning “Istiqlol” klubi bilan shartnoma imzolaydi va mavsumni ushbu jamoada o'tkazadi.
Olingan malumotlarga ko'ra, Hasanovni jamoaga “Istiqlol” murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatib kelayotgan Anvar Berdiev taklif qilgan. Bu bejiz emas albatta. Sababi 2016 yili Berdiev va Hasanov “Andijon” tarkibida birga o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar