So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  3 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  2 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

Quvondiq Ro'ziev: “Bugun biz raqibga har jabhada mag'lub bo'ldik” Yangiliklar

Quvondiq Ro'ziev: “Bugun biz raqibga har jabhada mag'lub bo'ldik”

Uzoq tanaffusdan so'ng yana katta sahnaga qaytgan Coca Cola Superliga restarti“Bunyodkor” va”Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bilan boshlandi.

Bugun Toshkentda mehmon bo'lgan Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari poytaxt klubiga munosib qarshilik ko'rsatgan holda ortlariga kichik 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytishga majbur bo'lishdi. Mazkur bahsdan so'ng esa qo'qonliklarning etakchi futbolchisi Quvondiq Ro'ziev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Oradan uch oy o'tib yana rasmiy uchrashuvlarni o'tkazishga ruxsat berishdi. O'ylashimcha, bu futbolchilar uchun juda katta muddat. Lekin, bizga bular bahona bo'la olmaydi. Biz bugun raqibga har jabhada mag'lubiyatga uchradik.

O'yin davomida hujumga o'tishga bizda deyarli imkoniyat bo'lmadi. CHunki, “Bunyodkor” jamoasi to'psiz qoldirishni uddasidan chiqdi. Bunaqa havoda to'psiz o'ynash katta kuch talab qiladi. Aslida bellashuvga bo'lgan rejamiz boshqacha edi. Ko'rgan bo'lsangiz ilk daqiqalardan ikkita hujumchi bilan harakat qilishni boshladik. Ammo, hujumchilarni to'p bilan taminlab bera olmadik. Bu mening vazifam edi. To'g'risi, o'yinimdan qoniqish hosil qilmadim. Murabbiylar va muxlislar kutgandek o'ynay olmadim. Keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonib ishqibozlarimizni xursand qilishga borimizni beramiz”,- deydi Quvondiq Ro'ziev.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика