So’nggi yangiliklar

23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  8 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14

"Kuvaytga ketish arafasida edik...". Timur Kapadze terma jamoa qachon yig'ilishi va keyingi rejalar haqida Yangiliklar

"Kuvaytga ketish arafasida edik...". Timur Kapadze terma jamoa qachon yig'ilishi va keyingi rejalar haqida

Joriy yilning 25-31 oktyabr kunlari Kuvaytda U-23 Osiyo chempionatiga saralash "D" guruhi o'yinlari bo'lib o'tishi kerak edi.

Biroq taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev "Futbolium" kanalida Kuvayt futbol associaciyasi musobaqani qabul qila olmasligini bildirgani haqida xabar elon qildi. Bu esa o'z-o'zidan Timur Kapadze murabbiyligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasining rejalariga tasir qilishi tabiiy. Ushbu masala yuzasidan terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadzening fikrlari bilan qiziqdik. 

OFK hozircha tasdiqlagani yo'q, lekin U-23 Osiyo chempionatiga saralash O'zbekistonda o'tishi mumkin


"Kuvaytdagi musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotgan edik. CHiptalar ham oldindan byuurtma qilingandi. Ketish arafasida edik. Bir necha kun oldin Quvayt futbol associaciyasi turnirni o'tkaza olmasligini bildirdi. Hozirda OFK mezbonlikni kimga berishni ko'rib chiqmoqda. O'zbekiston yoki Saudiya Arabistoniga mezbonlik berilishi mumkin. Bizga qolsa saralash bahslari yurtimizda o'tkazilgani yaxshi. CHunki hech qaerga parvoz qilmaymiz, uyda to'p tepamiz. Muxlislarning kirish ehtimoli bor. Bugun yoki ertaga mazkur masala hal bo'lishi kerak. 

Rejamiz bo'yicha 20 oktyabr kuni kubok o'yinini o'tkazib 21 oktyabr kuni yig'ilishimiz kerak edi. Hozir musobaqa sanasi va joyi elon qilingach shunga qarab ish tutamiz. Hammasini vaqt ko'rsatadi",- deydi Timur Kapadze. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика