So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  2 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

"Quruvchi" (keyinchalik "Bunyodkor") loyihasiga sarflangan millionlar o'zini oqladimi? Yangiliklar

"Quruvchi" (keyinchalik "Bunyodkor") loyihasiga sarflangan millionlar o'zini oqladimi?

Tajribali sport jurnalisti Abror Imomxo'jaev Championat.asia'ning "Jurnalist minbari" loyihasida mehmon bo'ldi.


Abror aka "Bunyodkor" loyihasiga tikilgan millionlarning o'zini oqlab, oqlamagani to'g'risidagi savolga shunday javob qaytardi:

"Yo'q, mablag' jihatidan oqlamagan bo'lishi mumkin. Lekin, futbolning rivoji uchun katta hissa qo'shdi. Sababi shundaki, o'zbek futbolida 2002 yildan keyin "Paxtakor"ning monopoliyasi vujudga kelgan, "sherlar"ga hech kim yaqinlasha olmas edi. "Quruvchi" (keyinchalik "Bunyodkor") klubi esa bu holatga chek qo'yib, ichki chempionatda juda kuchli raqobat paydo qildi.

Ikkinchidan, professional klub ish tizimini yo'lga qo'yib, boshqalarga o'rnak bo'ldi. Klub qanday bo'lishi kerak, qanaqa bo'limlar ishlashi kerak qabilidagi savollarga javob topib berdi. Marketing, menejment va matbuot xizmatlarining qay tariqa ishlashi kerakligini boshqalarga ko'rsatib qo'ydi.

Va eng muhimi, xorijdan katta nomlarning olib kelinishi o'z futboli uchun o'ziga xos "bum" bo'ldi. Rivaldo, Ziko va Skolari singari afsonalarni muxlislar o'z ko'zlari bilan ko'rishdi. Bu tomonlama ijobiy hislatlar ko'p. Ammo, yuqorida aytganimdek, mablag' jihatidan o'zini hech qachon oqlamagan".

Malumot uchun, A. Imomxo'jaev "qaldirg'ochlar" tizimida 2007-2020 yillarda (malum tanaffuslar bilan) faoliyat yuritib, matbuot kotibligidan bosh direktor o'rinbosari lavozimigacha ko'tarilishni uddalagan.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика