Qurbon Berdievning navbatdagi ish joyi deyarli malum
19 iyu 2022 09:55
Yangiliklar
Qurbon Berdievning navbatdagi ish joyi deyarli malum
Turkmanistonlik taniqli mutaxassis Qurbon Berdiev faoliyatini Eronda davom ettirishi kutilmoqda.
69 yoshli murabbiy “Traktorsozi” vakillari bilan muzokara o'tkazdi. Tomonlar kelishuvga erishgani aytilmoqda.
Berdiev bunga qadar “Qayrat” ustozi edi va 6 iyun kuni istefoga chiqarildi. U 2021 yil yozida mazkur jamoani qabul qilib olgan va shu vaqt oralig'ida 32 bahsda 14 g'alabaga erishib, 8 bor durang o'ynagan hamda 10 ta mag'lubiyatni qabul qilib olgandi.
“Qayrat” Berdiev qo'l ostida Qozog'iston chempionatida bronza medalini hamda mamlakat kubogi g'olibligini qo'lga kiritdi.
Qurbon Berdiev “Qayrat”dan tashqari, “Genchlerbirligi” (Turkiya), “Munayshi” (Qozog'iston), “Nisa”, “Turkmeniya” (ikkisi Turkmaniston), “Kristal”, “Rubin”, “Rostov” (barchasi Rossiya) kabi klublarda ishlagan.
Fikrlar