So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  110 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Qurbon Berdiev: "Turkmanistonda bolalar futbolini rivojlantiramiz" Yangiliklar

Qurbon Berdiev: "Turkmanistonda bolalar futbolini rivojlantiramiz"

Rossiyaning "Rubin" klubi bosh murabbiyi Qurbon Berdiev Turkmaniston futbol federaciyasi taklifiga binoan Ashxobodga tashrif buyurdi.

Tajribali mutaxassis ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda bir qator futbol kishilari, bolalar murabbiylari, jamoalar ustozlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi. Qurbon Berdiev matbuot anjumanida bir qator savollarga javob qaytardi hamda futbol borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

Jumladan, tajribali mutaxassis shunday gap boshladi: "Rubin" va Turkmaniston futbol federaciyasi o'rtasida katta hamkorlik tayyorlanyapti, bu esa turkman futbolining oldinga qadam tashlashi uchun katta turtki bo'ladi". 

"Rubin"dagi ilk yillari haqida: 

- Vitaliy Kafanov ikkimizni birinchi marta "Rubin"ga chaqirishganida borib qarasak u erda tashlandiq stadiondan boshqa hech narsa yo'q edi. Rahbariyat bizga infrastruktura bizni qiziqtirmaydi degandan so'ng ortga qaytib ketganmiz. Oradan uch oy o'tib yana taklif tushdi. SHunda men infratuzilma bo'lmasa hech narsaga erisha olmaymiz dedim. Keyin o'zaro kelishgan holda hammasini boshqatdan qurishni boshladik. Eng avval stadion va g'adir-budir maydonni tartibga keltirishimiz lozim edi. 

- Oradan shuncha yil o'tdi. Hozir Qozondagi bazani borib ko'ring, Rossiyadagi eng yaxshilaridan biri. Men bu gaplarni nima uchun aytyapman. Futbolda poydevor qo'ymasdan hech narsaga erishib bo'lmaydi. Buning uchun sizda sharoit zo'r bo'lishi shart emas. Avvalo harakat va istak bo'lishi kerak. Biz hammasiga bir paytda kirishgandik: bolalar futboli, asosiy jamoa, material-texnik baza, klub tizimi va hokazo. 

Bolalar futboli haqida: 

- Bolalar futboli - jiddiy mavzu. Sizda yaxshi infratuzilma bo'lishi mumkin, ammo kuchli murabbiylarsiz tizim baribir ishlamaydi. Men ko'plab davlatlarda bo'ldim: Gollandiya, Ispaniya, Braziliya va bizdagi futbol metodikasi qaysi davlat tizimiga mos kelishi haqida ko'p izlandim. Yakunda "Vilyarreal" tanlagan metodikaga to'xtaldik, chunki bu jamoa "Barselona"dan oldin shu tizimda ishlashni boshlagan. "Vilyarreal" klubi yo'lga qo'ygan tizimda eng asosiy figura bu - bolalar murabbiylari. Iqtidorli bolalar har doim chiqadi, hamma gap ularni qanday o'qitishda. Menga Turkmanistonda bolalar futboliga qaratilayotgan etibor yoqyapti. Bu esa xursand qiladi. 

Bilim olish haqida: 

- Men har kuni o'qish kerak deb hisoblayman. Har qanday yoshda ham. Bilasizmi, menda bir yarim yil tatil yuzaga kelgandi. SHu vaqt oralig'ida men 14ta klubning ishini o'rganib chiqdim. O'rganishni "Real" va "Barselona"dan boshladim. Lekin menda o'sha payt eng iliq taassurot qoldirgan murabbiy "Empoli" ustozi Mauricio Sarri bo'lgan. Bir qarashdayoq har bir ishda uning qo'li borligi ko'rinib turardi. U shunday odamki, hech qachon futbol o'ynamagan, hozir esa "CHelsi"ni boshqaryapti. U har bir mayda detallargacha etibor beradi. 

- Murabbiy futbolda hamma narsani bilishi kerak. Agar bola sizga savol bersa-yu, javobini bilmasangiz, bu juda katta muammo. Ispaniyada ko'rganman, murabbiy hatto bolalarga to'g'ri korpus qo'yish, to'pga aniq zarba berishgacha o'rgatadi. Lekin Rossiyaga qaytib ko'rdimki, bizda murabbiylar haliyam ko'p savollarga javob bera olishmayapti. Bu esa katta muammo. 

Turkmaniston futbol federaciyasi bilan loyihalar haqida: 

- Biz Turkmaniston futbol federaciyasi bilan o'zaro hamkorlik borasida kelishib oldik. Eng avval bu erda bolalar futbolini ko'tarishga yordam beramiz. Axir Turkmaniston - mening Vatanim va o'zimizning futbolga befarq qarab tura olmayman. Bu erdagi bolalarni Rossiyada tashkil etiladigan turnirlarga taklif etamiz. Murabbiylar uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilamiz. Qaysi klubdan o'rnak olamiz degan savol o'rtaga tashlansa, men "Barselona" deb javob bergan bo'lardim. Men u erda bolalar futboliga bo'lgan etiborni ko'rdim. "Barsa"da xuddi soat kabi ishlashadi. Hamma o'z ishini ortig'i bilan bajaradi. 

Murabbiyning ota-onalar bilan munosabati haqida: 

- Murabbiy faqat o'z ishi haqida qayg'urishi lozim. Murabbiy hech qachon ota-ona tasiriga tushib qolmasligi va ota-onalar tomonidan boshqarilmasligi shart. Bu o'rinda murabbiydan katta salohiyat talab qilinadi. Mayli, futbolchi ketib qolsin, qaysidir turnirga bormang, hatto to'plaringiz kam bo'lsin, lekin hech qachon o'zingizni yo'qotib qo'ymang. Doim professionallikni saqlab qolishga harakat qiling. 

Himoyaviy va hujumkor futbol haqida: 

- Bilasizmi, o'z vaqtida men faqat hujumkor futbol o'ynardim. CHunki bu uslub doim menga yoqqan. Smolenskda ishlaganimda jamoa hujumkor o'yin ko'rsatishi oqibatida 12-o'ringa tushib qoldi. SHundan so'ng birinchi navbatda etiborni himoyaga qaratish haqida o'ylay boshladim. Keyin Qozonda ishl boshladim, bu payt jamoa birinchi ligada edi. Vazifa oliy ligaga chiqish qo'yildi. SHunda men ishni avvalo himoyadan yo'lga qo'yib o'ynay boshladik. Bu esa o'z samarasini berib vazifani uddalaladik. Lekin hech qachon hujumkor futbol tushunchasidan voz kechmaganman. Sarriga etibor bering, u doim hujumkor futbolni birinchi darajaga qo'yadi. 

Ronaldu va Messi haqida 

- Messida Xudo bergan ulkan iqtidor bor. Men uni ko'p bor mashg'ulotda ko'rganman, unga qarshi o'ynaganmiz ham. U shunday futbolchiki, kerak paytda raqibning uch himoyachisi hech narsa qila olmaydi. Madridda bir hafta yashaganimda Ronalduning mashg'ulotini borib ko'rgandim. U doim mashg'ulotga birinchi bo'lib keladi va eng oxirgi bo'lib ketadi. Har kuni mashg'ulotdan keyin o'zi mustaqil 45 daqiqa trenajyor zalida ishlaydi. Va yana 45 daqiqani tiklanishga sarflaydi. Ronaldu - haqiqiy professional va u ko'rsatayotgan natijalar tasodif emas. Unga qarab kamchilik ko'rmaysiz. 

Ruschadan X.Xoliqov tarjimasi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика