So’nggi yangiliklar

20:06Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  21 20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:0 (матнли трансляция)  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

"Qura hali tashlanmagani sabab reja tuza olmayapmiz, Jaloliddinovning hali ko'p foydasi tegadi" - Timur Kapadze kechagi uchrashuvdan yana nimalar dedi? Yangiliklar

"Qura hali tashlanmagani sabab reja tuza olmayapmiz, Jaloliddinovning hali ko'p foydasi tegadi" - Timur Kapadze kechagi uchrashuvdan yana nimalar dedi?

Turkiyada yig'in o'tkazayotgan "Olimpik" jamoasi kecha ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Bosniya va Gercogovinaning "Veles Mostar" klubiga qarshi kechgan o'yinda Timur Kapadze shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdan so'ng "Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

Nazorat uchrashuvi. "Olimpik" Bosniya va Gercegovina klubini mag'lub etdi


Yig'in reja bo'yicha ketmoqda. Bunday pallada futbolchilarga ko'proq yuklama beryapmiz. Tarkibdagi barcha futbolchilarga imkoniyat beryapman. Yuklamada o'ynash kerak, deb o'ylayman. Keyinchalik osonroq bo'ladi. Xursand qiladigan jihat jarohatlar yo'q. Oldinda yana tayyorgarlik uchun vaqt bor",- deydi Timur Kapadze. 

- Jasur Jaloliddinovda hamon qiziqqonlik saqlanib qolingandek ko'rinyapti. Rasmiy o'yinlarda meyoridan ortib ketishi pand berib qo'ymaydimi?

- Jasur yosh bola emas, aqli bor. Qiziqqonlik, tortishish normasidan o'tib ketmasa bo'ldi. U taraflama ko'rsatma beramiz. U yig'inlarda yaxshi harakat qilyapti. Har bir mashg'ulot, o'yinda o'zini ko'rsatyapti. Jismoniy taraflama yana qo'shdi. O'ylaymanki, hali ko'p foydasi tegadi. 

- CHempionat boshlanishiga 1 oy vaqt qoldi. Hali qura tashlangani yo'q. Bu tayyorgarlik jarayoniga tasir qilmayaptimi?

- Albatta, noqulaylik tug'diradi. Birinchidan raqiblarimizni bilmayapmiz. Bu ham rol o'ynaydi. 17 fevral kuni qaytamiz, qura natijasiga qarab keyinroq o'ynaydigan raqibimiz bilan Toshkentda yana bir o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Reja tuza olmayapmiz. Qurani kutyapmiz. 

- Tarkibda yangi nomlar haqida...

- Mazkur yig'in yangi futbolchilarga o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat. O'zlarini munosib ko'rsatishsa, mehnat qilishsa jamoada olib qolinishi mumkin. Raqobat bor. Tarkibda hech kimga joy kafolatlanmagan. 


Abdulaziz Iskandarov (Antaliya, Turkiya)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика