
Bu haqda kazan.kp.ru sayti e'lon qildi.
Musobaqa 29 iyuldan 31 iyulgacha o'tkaziladi. Turnirda O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Armaniston, Rossiya, Belorusiya va Xitoy vakillari ishtirok etishadi.
Ushbu musobaqa Rossiya sport vazirligining taqvim rejasiga qo'shib qo'yildi. SHHT ishbilarmonlar kengashining fikricha, ushbu turnir Shanxay hamkorlik tashkilotiga kiruvchi mamlakatlarda futbolni rivojlantirish va ommalashtirishga yordam beradi.