So’nggi yangiliklar

16:55Бьелса Уругвай терма жамоасига ҳаваскорлар лигасидан футболчи чақирди  0 16:28Магуайр жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмида майдонга туша олмайди  1 16:00Маккенни "Ювентус"да қолмоқчи  0 15:33"Навбаҳор" "Локомотив"га ҳеч қандай имконият қолдирмаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  4 15:11Марказий Осиё. Фақатгина Қозоғистонда етакчи ўзгарди, қолган мамлакатларнинг чемпионатларида ҳаммаси ўз ўрнида  1 14:59Шенсни яна "Арсенал"да ўйнайдими?  1 14:30Тен Хаг раҳбариятдан "Манчестер Юнайтед" таркибини кучайтиришни сўради  4 14:04Аргентина терма жамоаси ва "Барселона" собиқ бош мураббийи ҳаётдан кўз юмди  2 13:38"Бавария" Гвардиолани қайтаришни истамоқда  11 13:15Евро-2024да кийиниш хоналарида футболчиларга етарли жой бўлмаслиги мумкин  0 12:55Ўзбекистонни Олимпиадага олиб чиққан дўппи аукционга қўйилди! Ҳозирги нарх 20 миллион сўмдан ошди!   18 12:40Бугун бир қатор легионерларимиз ўйнайди  1 12:18"Сурхон" чемпионат аутсайдери "Бунёдкор" устидан ишончли ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:02"Челси" Тухелни қайтариши мумкин  4 11:39Яна бир мураббий "Бавария"га ўтиш истаги йўқлигини айтди  8

Qozog'istonning EVRO-2024ga chiqish imkoniyati, yangi mavsum qaysi klubda o'ynashi, "Ordabasi"dagi eng muhim goli haqida - Bobir Abdixoliqov bilan intervyu Yangiliklar

Qozog'istonning EVRO-2024ga chiqish imkoniyati, yangi mavsum qaysi klubda o'ynashi, "Ordabasi"dagi eng muhim goli haqida - Bobir Abdixoliqov bilan intervyu

O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Ordabasi" klubi hujumchisi Bobir Abdixoliqov kuni kecha championat.asia saytiga intervyu bergandi.

- "Ordabasi"dagi mavsum qanday o'tdi?
- Mavsum yaxshi o'tdi deb o'ylayman. Sababi klub bilan birga Qozog'iston chempioni bo'ldik, mamlakat kubogi finaliga chiqdik (suhbat 3 noyabr kuni bo'lgan). Konferenciyalar ligasida ham guruh bosqichiga chiqa olmagan bo'lsak ham munosib qatnashdik.

- Bu klub oldiga mavsum boshida chempionlik vazifasi qo'yilgandi. SHaxsan o'zingiz chempion bo'lishiga qanchalik ishongandiz?
- CHempion bo'lishimizga boshidan ishongandim. Sababi mavsum oldidan tarkibga jalb etilayotgan futbolchilar, legionerlarni ko'rgandim. Bir qator Qozog'iston milliy terma jamoasi azolari tarkibga qo'shib olingandi.




- Belarus chempioni to'purari sifatida Qozog'istonga ko'chib o'tdingiz. Ammo "Ordabasi"da ko'p gol ura olmadingiz. Buning sababi nimada?
- Birinchidan, ko'p imkoniyatlardan foydalana olmadim. Ikkinchidan, yangi jamoaga kelganim uchun baribir futbolchilar bilan til topishib ketishda biroz qiynaldim. Lekin asosiysi jamoamiz yakunda o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni bajara olganidan xursandman.

- Ikki chempionatni taqqoslay olasizmi?
- O'xshash tomonlari ko'p. Farqi esa Qozog'istonda ko'p klublar besh himoyachi bilan o'ynar, asosiy urg'uni standart vaziyatlarga qaratar ekan.

- Qozog'iston stadionlari haqida nimalar deya olasiz? O'ziz o'ynagan eng yaxshi stadion qaysi bo'ldi?
- Qozog'istonda Belarusa nisbatan suniy maydonlari ko'proq ekan. "Qayrat" va "Tobol"ning uy stadionlari yaxshi holatda edi. Suniy maydon tabiiyga nisbatan qattiqroq bo'ladi, bu esa jarohat olish uchun xavfni oshiradi.

- Bu yil Qozog'iston chempionatining eng yaxshi futbolchisi kim bo'ladi deb o'ylaysiz?
- Menimcha "Ordabasi" etakchisi Asxat Tagribergen eng yaxshi futbolchi bo'lsa kerak. Sababi u nafaqat klubda, balki Qozog'iston terma jamoasida ham yaxshi o'ynadi.

- "Ordabasi" safida eng muhim golingiz qaysi?
- Menimcha "Maqtaaral" bilan o'yinda urgan golim bo'lsa kerak. Sababi o'sha uchrashuvdan avval ikkita o'yinda yutqazib qo'ygandik va taqibchilarimiz ancha yaqinlashib qolishgandi. "Maqtaaral"ga uran golim jamoamga 3 ochko keltirdi va "Astana", "Aktobe" bilan farq yanada kamayib ketmasligiga zamin yaratdi.




- Qozog'iston milliy terma jamoasi Evro-2024 saralashida ajoyib ishtirok etmoqda. Qo'shnilarimizda Evropa chempionatiga chiqish imkoniyati qanchalik deb o'ylaysiz?
- Evropa chempionatiga chiqish imkoniyati yaxshi. So'nggi turda Sloveniyaga qarshi safardagi bahs barchasini hal qilib beradi.

- Bobir Abdixoliqov yangi mavsumda ham "Ordabasi"da qoladimi?
- Barchasi Qozog'iston kubogi finalidan keyin hal bo'ladi. Vaqt ko'rsatadi.

- Terma jamoamiz noyabr oyida JCH-2026 saralashidani o'z yurishini boshlaydi. Turkmaniston va Eron bilan bahslardan g'alaba kutsak bo'ladimi?
- Albatta, Turkmaniston va Eron bilan o'yinlarda g'alaba uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Nasib qilsa muxlislarni xursand qilamiz

- Qozog'istonda futbol jurnalistikasi qay darajada ekan?
- To'g'risi umumiy futbol OAVga etibor qila olmadim. Ammo o'z klubimizda ishlagan matbuot xizmati ajoyib ishladi deya olaman. CHunki "Ordabasi" klubi hayoti ijtimoiy tarmoqlarda alo darajada yoritib borildi.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика