Qozog'istonlik futbolchi "Zenit"da
18 jan 2020 18:50
Yangiliklar
Qozog'istonlik futbolchi "Zenit"da
Qozog'iston terma jamoasi yarim himoyachisi Baurjan Islamxan "Zenit" jamoasi bilan shug'ullanmoqda.
26 yoshli "Qayrat" sobiq futbolchisi Rossiya jamoasining Qatardagi mashg'ulotlarida ilk bor ishtirok etmoqda.
"Zenit" Islamxanni ko'rikka chaqirgan. Oldinroq malum bo'lganidek, Qozog'iston ham kiradigan EOII (Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi)dan kelgan futbolchilar Rossiyada 2020 yilning 1 iyulidan legioner hisoblanishmaydi.
RPL etakchisi hozirda o'quv-mashg'ulot yig'inini Qatarda o'tkazmoqda. Baurjan ECHLning 2019/20 yilgi mavsum guruh bosqichi ishtirokchisi "RB Zalcburg" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan nazorat o'yinida ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, Baurjan Islamxan "Qayrat"ni erkin agent sifatida tark etdi. Uning almatiliklar bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilining so'nggida yakunlangan edi va o'yinchi bitimni uzaytirmadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar