Qozog'iston futbol Federaciyasi prezidenti janjal ko'targan ekan
25 may 2016 08:01
Yangiliklar
Qozog'iston futbol Federaciyasi prezidenti janjal ko'targan ekan
QFF prezidanti Erlan Kojagapanov o'tgan hafta Qozog'iston PFL yig'ilishiga so'roqsiz bostirib borgan.
Erlan Kojagapanov PFL rahbari Oljas Abraev istefoga chiqarilishiga klub vakillarini majburlagan. Bu vaziyat haqoratli so'zlar bilan amalga oshirilgan, prezident klublarni prokuratura tomonidan tekshiruv qilinishi va bazi rahbarlarni qamoqqa olinishi bilan qo'rqitgan, deb xabar bermoqda Sportfakt nashri.
Eslatib o'tamiz, ushbu voqea sodir bo'lgan kun, 18 mayda PFL prezidenti Oljas Abraev o'z xohishiga ko'ra istefoga chiqqandi. Abraev QFF klublarni hurmat qilishga chaqirgandi.
Fikrlar